Kolumnistlar

AQSH sanktsiyalar yordamida oʻz yetakchiligini yoʻq qilmoqda

© REUTERS / ERIN SCOTTKapitoliy nakanune tseremonii inauguratsii Djo Baydena
Kapitoliy nakanune tseremonii inauguratsii Djo Baydena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.04.2021
Soʻnggi yillarda sanktsiyaldar tufayli Rossiyada iqtisodning qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va boshqa bir qator sektorlari misli koʻrilmagan darajada rivojlandi.
Gʻarbda Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni ishlab chiqish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlari oʻz navbati bilan davom etmoqda. Birovlar sanktsiya ishlab chiqish va ularni kiritish bilan band boʻlsa, boshqalar sanktsiya oqibatlarini oʻzlari uchun yengillashtirish bilan shugʻullanishmoqda. Ayrim hollarda sanktsiya kiritgan ham uni oqibatiga qarshi kurashganlar ham bir kishi boʻlib qoloqda. Ayni damda Zoom ana shunday tajriba namoyish qilmoqda.
Rossiya esa, odatdagidek, ushbu sanktsiyalarni oʻz foydasiga oʻgirish choralarini koʻrmoqda. Aksariyat hollardan ushbu choralar bir xil.
Hozir Vashington “Shimoliy oqim-2” taqdirini hal qiluvchi guruhni boshqaruvchi maxsus vakil tanlamoqda.
AQSH Turkiyaga qarshi sanktsiya qoʻlladi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2020
Video
AQSH Turkiyaga qarshi sanktsiya qoʻlladi. Rossiya qanday javob qaytardi
Politico nashri yozishiga koʻra, AQSH Adliya vazirligi qurilayotgan gaz quvuri uchun yangi sanktsiyalar paketini maʼqullagan. Qora roʻyxatga tushganlar orasida gaz qururini qurish va undan foydalnishga javobgar boʻlgan shveytsariyaning Nord Stream 2 AG kompaniyasi va uning rahbari Matias Varnig ham bor.
Maʼlum boʻlishicha, cheklov choralari kiritilishidan oldin may oyida Kongressda tasdiqlanadi. Lekin ungacha muzokaralar davomida sanktsiyalar borasida yakuniy qaror oʻzgarini mumkin. Muzokaralar esa – Rossiya bilan ema Yevropa bilan olib boriladi.
Bayden maʼmuriyatining asosiy muammosi ham ana shunda. Ulardan hozir ikkala partiya tomonidan ham nima boʻlsa ham “Shimoliy oqim-2”ni toʻxtatib qolishni talab qilishmoqda. Lekin Berlin ham gaz quvurini saqlab qolish uchun mustahkam turib olgan.
Tramp davrida “AQSH-Yevropa” munosabatlari jar yoqasiga kelib qolgan edi. Vaziyatni yanada yomonlashtirmaslik uchun demokratlar Yevropa bilan munosabatlarni yaxshilashni vaʼda berishgan edi.
Oqibatda oldinda turgan muzokaralarda Vashington Gʻarbiy Yevropani oʻzi tomonga ogʻdirishga umid qilmoqda. Yevropa uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan gaz quvuri esa ayni damda 96% ga qurib bitkazilgan.
Kongress SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2020
Dunyoda
AQSH senatiga COVID-19 tufayli Xitoyga qarshi sanktsiya toʻgʻrisida qonun loyihasi kiritildi
Sanktsiyalar mavzusi haqida yanada batafsilroq maʼlumotlar paydo boʻlmoqda. Politico va Bloomberg nashrlariga koʻra, AQSH Rossiyani va “Putinga yaqin kishilarni” saylovlarda aralashish va xakerlik hujumlarida ayblashni hamda “rossiyalik diplomat niqobi ostida yurgan razvedkachilarni” chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda.
Bunday holda Vashingtonda nisbatan javob choralari ham kiritilishi muqarrar. Ularga Vashington chiday olarmikan? Yaqinda AQSH Rossiyalik diplosatlarga nisbatan “viza” urushi ochgan edi. Rossiyaning bunga nisbatan assimetrik javobidan soʻng quyidagi manzarani kuzatish mumkin: Amerikadagi rossiyalik diplomatlar barcha qiyinchiliklarga lom-mim demay chidab kelishmoqda, lekin Rossiyadagi AQSH diplomatlari esa xodimlar yetishmovchiligiga duch kelishdi. Amerikalik diplomatlar tomonidan “chidab boʻlmas ish sharoitlari” haqida koʻplab arzlar kelib tusha boshladi. Masalan, Vladivostok va Yekaterinburgda diplomatlarning oʻzi dezinfektsiya vositalarini tayyorlash bilan shugʻullanishga toʻgʻri kelayotgani haqida.
Vashingtonning navbatdagi sanktsiyalari gʻarb biznesini yana “oʻz yogʻida oʻzi qovurilishiga” majbur qilmasa boʻldi.
Ayni damda Zoom ana shunday vaziyatga tushib qolgan. Panedmiya davrida pulni “supurib olgan” kompaniya, AQSH siyosatiga mos boʻlishi uchun Rossiya va MDH davlat muassasalariga oʻz xizmatlarini sotishni chekladi.
Lekin oradan bir necha soat oʻtib Zoom ortga chekinishga harakat qildi. Kompaniya “bozorga yondashuvni oʻrganish jarayonida turganini” va “bugungi kunda mavjud boʻlgan foydalanuvchilar Zoom akkauntidan foydalanish uchun sayt orqali toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilishlari mumkin", degan bayonotlar bilan chiqdi.
Vizit prezidenta RF V. Putina v Kitay. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Kolumnistlar
AQSH Saudiyani jazolasa, bundan Rossiya va Eron manfaat koʻradimi?
Kompaniyani tushunish mumkin. Oʻtgan yilda butun dunyo boʻylab foydalanuvchilar unga sezilarli daromad keltirgan, jumladan Rossiya davlatiga tegishli boʻlgan mijozlar ham. Endi boʻlsa ular (asosan OTMlar) ommaviy ravishda muqobil platformalarga oʻtib keta boshladi.
Davlat hukumat organlariga esa - hech qanday zarar yetmadi, chunki ular videoaloqa tizimining asosiy foydalanuvchilari emas edi.
Xullas, Zoom “oʻzi oʻtirgan shoxni arraladi” desa ham boʻladi. Kompaniya mijozlari dastlabki bayonotdan soʻng muqobil platformalarga oʻtib keta boshladi. Moskva esa mahalliy IT sohasini rivojldantirish va aholini mahalliy platformalarga oʻtkazish vaqti kelgani haqida yana bir salmoqli argument oldi.
Soʻnggi yillar davomiad sanktsiyalar mavzusi Rossiya ichida va xalqaro maydonla tez-tez muhokama qilinayotgan, lekin sezilarli ahamiyatga ega boʻlmagan mavzuga aylanib qoldi. Lekin shu bilan birga “sanktsiya” degan tushunchaning maʼnosi ham biroz oʻzgardi.
Oldingi zamonalarda “sanktsiya” dunyoda mavjud (AQSH) yakkahokimlik tizimini mustahkamlashga xizmat qilardi. Sanktsiya ostiga tushgan davlat (Eron, KXDR) boʻlsa amallab yashardi. Bunda asosiy ogʻirlik xalq boʻyniga tushar, aholi turmush darajasi pasayar, texnologik qoloqlik kelib chiqar edi. Sanktsiya ostiga tushgan davlat har qadamda muammoga duch kelar, tsivilizatsion rivojlanayotgan davlatlar roʻyxatidan chiqarib tashlanar edi. Yuqori texnologiyali loyihalardan mahrum boʻlishi va SWIFT tizimidan uzilgani sababli oddiy bank kartasidan ham foydalanish imkonidan mahrum boʻlar edi.
Belыy dom v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2021
Rossiya
Baydenga Rossiyaga qarshi sanktsiyalar samarasiz boʻlganini tan olish tavsiya qilishdi
Yetti yil oldin ishga tushirilgan Rossiyaga qarshi sanktsiyalar mexanizmi ham ana shunday natijaga olib kelishi kerak edi. Lekin natija butunlay boshqacha boʻlib chiqdi. Dastlab sanktsiyalar deyarli hech qanday sezlarni taʼsir koʻrsatmay qoʻydi, keyinchalik esa mutlaq aksincha natija bera boshladi. (Sanktsiyaldar tufayli Rossiyada iqtisodning qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va boshqa bir qator sektorlari misli koʻrilmagan darajada rivojlandi)
Sanktsiyalar nafaqat Gʻarb yakdilligini tarqatib yubormoqda, balkim undagi AQShning yetakchilik rolini ham. Oʻn yil oldin ajratib tashlangan davlatlarni ortda qoldirishni koʻzlagan sanktsiyalar hozir ularni rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Vashington oʻzi uchun zararli boʻlgan jarayonlarni nima sababdan davom ettirayotganini tushunish qiyin. Balkim Amerika rahbariyati oʻziga haddan ziyod ishonganidan bularni koʻrmayotgandir? Ehtimol ularda reallikni anglash his-tuygʻusi umuman yoʻqolgan? YO boʻlmasa sanktsiyalar dunyoda AQSH gegemoniyasining tezroq tugashiga olib kelishini bilsada, ular oʻzlarini toʻxtata olmaydigan darajaga kelib qolgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala