Dunyoda

Emomali Rahmon Vorux anklavi haqida rezonansli bayonot berdi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.04.2021
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Isfara shahrining Vorux anklaviga keldi.
TOSHKENT, 9 apr — Sputnik. Bugun Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Isfara shahrining Vorux anklaviga keldi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Tashrif davomida "Shirin" madaniy-koʻngilochar va sport majmuasini ochildi va Tojikistonning 50 metrlik bayrogʻi ham koʻtarildi.
U yerda prezident mahalliy aholi bilan muloqot qildi va anklav maqomi xususida toʻxtaldi.

"Vorux anklavi hech qachon almashilmaydi, u Tojikiston tarkibida qoladi. Men sizlarni qirgʻiz qoʻshnilar bilan doʻstona yashashga chaqiraman"

Emomali Rahmon
Tojikiston prezidenti
Uning soʻzlariga koʻra, Vorux va butun Isfara viloyati aholisi uchun qirgʻiz-tojik chegaralarini demarkatsiya va delimitatsiya qilish masalasi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Pogranichnik na smotrovoy vыshke. Granitsa Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Jamiyat
Oʻzbek-qirgʻiz chegarasi masalasi 100 foizga hal qilindi, bahsli hududlar yoʻq – Tashiyev
"Tojikiston hukumati qirgʻiz tomoni bilan doimiy ravishda muzokaralar olib bormoqda. 2002 yildan beri chegara masalalari boʻyicha 100 dan ortiq uchrashuv oʻtkazildi. 19 yil davomida 520 kilometr kelishildi. Voruxni boshqa hudud bilan almashtirish boʻyicha muzokaralar boʻlmagan va boʻlishi mumkin emas”, - dedi prezident.
Uning taʼkidlashicha, qoʻshnilar bilan munosabatlar bagʻrikenglik va milliy manfaatlarni oʻzaro hurmat qilishga asoslangan boʻlishi kerak va kelishmovchiliklar "tasdiqlangan qonunchilik bazasi asosida" hal qilinishi kerak.
Avvalroq, Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi, chegara masalalari boʻyicha hukumat delegatsiyasi rahbari Kamchibek Tashiyev matbuot anjumanida Qirgʻiziston Tojikistonga Vorux anklavini Batken viloyatidagi analog hudud 12 ming gektar maydon bilan almashtirishni taklif qilganini aytgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala