https://oz.sputniknews-uz.com/20210409/mirziyoev-rahbarlarni-tadbirkorlar-bilan-dost-bolishga-chaqirdi-18237045.html
Mirziyoyev rahbarlarni tadbirkorlar bilan doʻst boʻlishga chaqirdi
Mirziyoyev rahbarlarni tadbirkorlar bilan doʻst boʻlishga chaqirdi
TOSHKENT, 9 apr – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash borasidagi
2021-04-09T10:01+0500
2021-04-09T10:01+0500
2021-04-09T10:01+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/04/08/18235519_0:91:1280:812_1920x0_80_0_0_ddf19cf4905822e8009bc5abb20b026e.jpg
TOSHKENT, 9 apr – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.Tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yoʻnalishi etib belgilangan va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, oʻtgan yili kichik biznes subʼyektlariga jami 120 trillion soʻmlik kredit va moliyaviy yordamlar ajratildi. Natijada, pandemiyadan zarar koʻrgan 104 mingdan ortiq korxona faoliyati tiklanib, xususiy korxonalar pul aylanmasi oʻtgan yilga nisbatan 33 foizga oʻsdi.Joriy yilning birinchi choragida 27 mingta yangi tadbirkorlik subʼyektlari tashkil topgan. Tadbirkorlik uchun ajratilgan kreditlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga oʻsgan.Yigʻilishda ayrim hudud va sektor rahbarlari yaratilgan bu imkoniyatlardan haligacha toʻliq foydalana olmayotgani qayd etildi.Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda hokimlar va sektor rahbarlariga oʻz hududida tadbirkorlikning ahvoli koʻrsatib oʻtildi.Mutasaddilardan qaysi hududda qaysi tadbirkorlik yoʻnalishlari rivojlantirilib, nechta yangi loyiha amalga oshirilishi, qancha ish oʻrni yaratilib, qancha aholi ish bilan taʼminlanishi boʻyicha soʻrov boʻldi.Tadbirkorlik uchun yer va binolar ajratish masalasi ham muhokama qilindi.Davlat rahbari aholi bandligini taʼminlash uchun ularga oʻzi yashaydigan mahallada sharoit yaratib berish zarurligini taʼkidladi.Mutasaddi tashkilotlarga yengil konstruktsiyali savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini tashkil etish, ularni auktsion orqali joylashtirish tartibini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.Chekka hududlarda joylashgan yer uchastkalarining boshlangʻich narxini 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qoʻyish vakolatini mahalliy kengashlarga berish taklifi bildirildi. Bundan tashqari, unumdorligi past boʻlgan va foydalanilmayotgan qishloq xoʻjaligi yerlarida ham kichik sanoat zonalari tashkil etish mumkinligi aytildi.Biznes-ombudsmanga joylarga chiqib, tadbirkorlarning infratuzilma bilan bogʻliq muammolarini oʻrganib borish va ularni hal etish boʻyicha Bosh vazirga takliflar kiritish topshirildi.Tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.Faoliyatida sustkashlikka yoʻl qoʻygan, tadbirkorlar bilan ishlashga yetarlicha eʼtibor bermagan hokimlar va sektor rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar belgilandi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210323/yigirmaga-yaqin-hujjatning-aholi-va-tadbirkorlardan-talab-qilinishi-bekor-qilindi-17918280.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210224/Obnalchi---tadbirkorning-birinchi-dushmani---Sherzod-udbiev-16068862.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20191127/Zhamshid-Urinov-biznes-ombudsmen-vazifalari-va-Mirzievga-topshiriladigan-isobotlar-aida-12888401.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/04/08/18235519_86:0:1222:852_1920x0_80_0_0_ebc37b77116565db0da61bd5a60a3def.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev
Mirziyoyev rahbarlarni tadbirkorlar bilan doʻst boʻlishga chaqirdi
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda hokimlar va sektor rahbarlariga oʻz hududida tadbirkorlikning ahvoli koʻrsatib oʻtildi.
TOSHKENT, 9 apr – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yoʻnalishi etib belgilangan va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, oʻtgan yili kichik biznes subʼyektlariga jami 120 trillion soʻmlik kredit va moliyaviy yordamlar ajratildi. Natijada, pandemiyadan zarar koʻrgan 104 mingdan ortiq korxona faoliyati tiklanib, xususiy korxonalar pul aylanmasi oʻtgan yilga nisbatan 33 foizga oʻsdi.
Joriy yilning birinchi choragida 27 mingta yangi tadbirkorlik subʼyektlari tashkil topgan. Tadbirkorlik uchun ajratilgan kreditlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga oʻsgan.
Yigʻilishda ayrim hudud va sektor rahbarlari yaratilgan bu imkoniyatlardan haligacha toʻliq foydalana olmayotgani qayd etildi.
"Juda ogʻir yillarda yashayapmiz. Har kuni izlanish, intilish va pirovard maqsadga ishlash kerak. Tadbirkorni qoʻllab-quvvatlamasak, ularga sharoit yaratmasak, tadbirkorlarni koʻpaytirmasak, shahar va tumanlarda mahalliy byudjet koʻpaymaydi-ku. Biz qanchalik koʻp mablagʻ bermaylik, farmon-qarorlar qabul qilib, sharoit yaratmaylik, quyi pogʻonadagi rahbarlar dunyoqarashini oʻzgartirib, tadbirkor bilan doʻst boʻlib ishlamasa, natija boʻlmaydi"
Shavkat Mirziyoyev
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda hokimlar va sektor rahbarlariga oʻz hududida tadbirkorlikning ahvoli koʻrsatib oʻtildi.
Mutasaddilardan qaysi hududda qaysi tadbirkorlik yoʻnalishlari rivojlantirilib, nechta yangi loyiha amalga oshirilishi, qancha ish oʻrni yaratilib, qancha aholi ish bilan taʼminlanishi boʻyicha soʻrov boʻldi.
Tadbirkorlik uchun yer va binolar ajratish masalasi ham muhokama qilindi.
Davlat rahbari aholi bandligini taʼminlash uchun ularga oʻzi yashaydigan mahallada sharoit yaratib berish zarurligini taʼkidladi.
Mutasaddi tashkilotlarga yengil konstruktsiyali savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini tashkil etish, ularni auktsion orqali joylashtirish tartibini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Chekka hududlarda joylashgan yer uchastkalarining boshlangʻich narxini 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qoʻyish vakolatini mahalliy kengashlarga berish taklifi bildirildi. Bundan tashqari, unumdorligi past boʻlgan va foydalanilmayotgan qishloq xoʻjaligi yerlarida ham kichik sanoat zonalari tashkil etish mumkinligi aytildi.
Biznes-ombudsmanga joylarga chiqib, tadbirkorlarning infratuzilma bilan bogʻliq muammolarini oʻrganib borish va ularni hal etish boʻyicha Bosh vazirga takliflar kiritish topshirildi.
Tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Faoliyatida sustkashlikka yoʻl qoʻygan, tadbirkorlar bilan ishlashga yetarlicha eʼtibor bermagan hokimlar va sektor rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar belgilandi.