Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Oʻrmon xoʻjaligiga ulkan zarar yetkazilmoqda

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Fotobankka oʻtishTopor i benzopila
Topor i benzopila - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.04.2021
Oʻrmon xoʻjaliklarida aniqlangan qoidabuzarliklar onlayn ravishda roʻxatga olinishi odatda sarflanadigan vaqtni 30 %gacha qisqartirishiga yordam beradi.
TOSHKENT, 9 apr - Sputnik. 2021 yil boshidan buyon oʻrmon fondiga 600 million soʻmdan oshiq zarar yetkazilgan. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oʻrmon xoʻjaligi maʼsullari maʼlum qilishdi.
Yil boshidan buyon respublika oʻrmon xoʻjaliklarida jami 181 ta qonunbuzarlik aniqlanib, ushbu qonunbuzarlik oqibatiga oʻrmon fondiga 600 mln. soʻmdan oshiq zarar keltirilgan. Undan 119 ta – daraxt kesish, 50 ta mol boqish va 3 ta ov qilish holatlari, - deyilgan xabarda.
Ushbu sohada qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida oʻrmon fondi maydonlarida aniqlangan oʻrmon qonunbuzarliklarini onlayn tarzda rasmiylashtirish dasturi ishlab chiqilgan. Dastur odatda sarflanadigan vaqtni 30 %gacha qisqartirishiga yordam beradi.
Onlayn rasmiylashtirish dasturi 2020 yilning dekabr oyida test rejimida Sirdaryo viloyatida ishga tushirilgan. 2021 yilning aprel oyidan boshlab boshqa viloyat oʻrmon xoʻjaliklarida ham joriy etilmoqda.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston hududining 7,5 % oʻrmonlarga toʻgʻri keladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala