Iqtisod

Oʻzbekiston mahsulotlariga YEIning imtiyozlar bosh tizimi qoʻllaniladi - Umurzakov

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUzbekistan prisoyedinilsya k spetsialnomu soglasheniyu Yevropeyskogo soyuza GSP+
Uzbekistan prisoyedinilsya k spetsialnomu soglasheniyu Yevropeyskogo soyuza GSP+ - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.04.2021
Oʻzbekistonga “GSP+” benefitsiar mamlakati maqomi berildi, 10 aprel sanasidan amal qilishni boshlaydi.
TOSHKENT, 9 apr — Sputnik. Yevropa ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasiga “GSP+” benefitsiar mamlakati maqomini berish yuzasidan tegishli normativ hujjati qabul qilindi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Ayni vaqtda Toshkentda “Oʻzbekiston-Yevropa Ittifoqi preferentsiyalar bosh tizimi plyus “GSP+” benefitsiari. Ochilayotgan istiqbollar va yangi imkoniyatlar”ga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Iqtisod
YEOII: 2025 yilgacha strategiya rejasi tasdiqlandi
Tadbirda Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov bugun Yevropa ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasiga “GSP+” benefitsiar mamlakati maqomini berish yuzasidan tegishli normativ hujjati qabul qilingani eʼlon qildi.
“Hujjat ertaga 10 apreldan boshlab kuchga kiradi hamda Oʻzbekiston mahsulotlariga nisbatan “GSP+” imtiyozlari qoʻllanilishi boshlanadi. Oʻzbekiston “GSP+” benefitsiar mamlakati maqomida imtiyozlar taqdim etilgan dunyodagi 9-chi mamlakat boʻldi”, - dedi bosh vazir oʻrinbosari.
Hozirda Armaniston‚ Boliviya‚ Kabo-Verde‚ Moʻgʻiliston‚ Qirgʻiziston, Pokiston‚ Filippin va Shri-Lanka mamlakatlari mazkur imtiyozlardan foydalanmoqda.
Prototip rossiyskogo avtomobilya Aurus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Putin limuzini, ajdar-traktor va moʻʼjizaviy-teleskop: "Innoprom"dagi noyob eksponatlar
Eslatib oʻtamiz, 2019 yil oktyabrda prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlashtirish kontseptsiyasini imzolagandi:
- 2019-2021 yillarda YEOII va boshqa qator davlatlar bilan erkin savdo bitimlarini imzolash orqali tashqi savdoni kengaytirish;
- 2022-2025 yillar davomida mamlakatning EOII va JSTga kirish masalasini oʻrganish masalalarini oʻz ichiga oladi.
2019 yil yozida mamlakat hukumati JSTga Oʻzbekistonning ushbu tashkilotga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishi uchun tashqi savdo rejimi toʻgʻrisidagi yangilangan memorandumni taqdim etishdi.
Oʻzbekiston 2020 yilning dekabr oyida YEOII qoshida kuzatuvchi-maqomiga ega boʻldi. 2021-yilning fevralida mamlakat hukumati Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasidagi vakilini tayinladi. Oʻtgan 4 yil mobaynida Oʻzbekiston va YEOII davlatlari oʻrtasidagi savdo hajmi 75 foizga oʻsdi. Bugungi kunda Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasining 30 foizdan ortigʻi YEOII davlatlariga toʻgʻri keladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala