Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: kunlik antirekord yana yangilandi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishFeldsher nadevayet zaщitnыy kostyum
Feldsher nadevayet zaщitnыy kostyum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.04.2021
Oʻzbekistonda yil boshidan beri ilk marta 207 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 84 529 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 9 apr — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Yana 207 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 84 529 nafarni tashkil qilmoqda.
Rabota GKB № 15 im O. M. Filatova  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 84 ming nafarga yaqinlashmoqda
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (2 nafar), Andijon viloyatida (1), Buxoro viloyatida (3), Navoiy viloyatida (1), Namangan viloyatida (3), Samarqand viloyatida (18), Sirdaryo viloyatida (3), Surxondaryo viloyatida (3), Fargʻona viloyatida (2), Xorazm viloyatida (3), Toshkent viloyatida (29), Toshkent shahrida (139).

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 82 415 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foiz.
Ayni paytda 1480 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 229 nafari ogʻir, 104 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Emlash koʻrsatkichi

Koronavirus infektsiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 83 076 nafarga yetdi.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 634 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 133,8 milliondan oshdi, 2,9 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (31,0 mln), Braziliyada (13,3 mln), Hindistonda (12,9 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala