Jamiyat

Zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori eʼlon qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOrnament vnutrenney arki mecheti Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa
Ornament vnutrenney arki mecheti Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.04.2021
Zakot nisobi yigirma yetti million ikki yuz ming soʻm deb belgilandi.
TOSHKENT, 9 apr — Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼatining 2021 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori boʻyicha qarori qabul qilindi.
Bu yilgi zakot nisobi yigirma yetti million ikki yuz ming soʻm deb belgilandi.
Shunga koʻra, zarur ehtiyojdan tashqari bir yil davomida 27 200 000 soʻm va undan ortiq mablagʻga ega boʻlgan musulmon kishi jami mablagʻining qirqdan biri (1/40)ni hisoblab, uni zakot niyatida kambagʻal va faqirlarga beradi.
Fitr sadaqasining miqdori bugʻdoydan yarim soʼ (2 kg.), arpadan bir soʼ (4 kg.), mayizdan yarim soʼ (2 kg.) va xurmodan bir soʼ (4 kg.)dir.
Prazdnovaniye Namaz xayit v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Jamiyat
Ramazon oyi qachon boshlanishi maʼlum boʻldi
Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning Toshkent shahar bozorlaridagi narxlari oʻrganilganda 1 kg bugʻdoy oʻrtacha 5 ming soʻm, 1 kg arpa oʻrtacha 3,5 ming soʻm, 1 kg mayiz oʻrtacha 40 ming soʻm va 1 kg xurmo oʻrtacha 35 ming soʻm ekani maʼlum boʻldi.
Fitr sadaqasining miqdori:
bugʻdoydan 2 kg 10 000 (oʻn ming) soʻm;
arpadan 4 kg 14 000 (oʻn toʻrt ming) soʻm;
mayizdan 2 kg 80 000 (sakson ming) soʻm;
xurmodan 4 kg 140 000 (bir yuz qirq ming) soʻm deb belgilandi.
Fidya miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati qiymatida boʻlib, bugungi kunda bu oʻrtacha 25 000 (yigirma besh ming) soʻmga toʻgʻri kelganidan, bu yilgi fidya miqdori bir kun uchun 25 000 (yigirma besh ming) soʻm, bir oyga 750 000 (yetti yuz ellik ming) soʻm deb belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala