Afg‘oniston ilk bor "YeI - Markaziy Osiyo" muloqotida ishtirok etadi

© SputnikFlag Afganistana
Flag Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2021
Obuna bo‘lish
Anjuman kun tartibidan koronavirus pandemiyasi sharoitida hamkorlik sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar va mintaqaviy integratsiyani yanada rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashish o‘rin olgan.
TOShKENT, 10apr - Sputnik. Afg‘oniston vakillari birinchi marta 27-aprel kuni Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" siyosiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotning navbatdagi raundida qatnashadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Tadbirda Yevropa tashqi munosabatlar xizmati bosh kotibi va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining o‘rinbosarlari boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Anjuman kun tartibidan koronavirus pandemiyasi sharoitida hamkorlik sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar va mintaqaviy integratsiyani yanada rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashish o‘rin olgan.
Ishtirokchilarning alohida e’tibori tomonlarni qiziqtiradigan xalqaro masalalar, shuningdek, xavfsizlikka umumiy tahdidlar, xususan, zo‘ravonlik ekstremizmi, terrorizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi turishdagi mintaqalararo hamkorlik va boshqa masalalar muhokamasiga qaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0