Dunyoda

Bloomberg boy va qashshoq davlatlarda emlash tezligini solishtirdi

© AFP 2018
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2021
Boy davlatlarda barcha fuqarolarni bir necha marta emlashga yetadigan miqdorda vaktsinalarni sotib olish tendentsiyasi saqlanib qolmoqda
TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar ulushi besh foizga yaqinni tashkil qilmoqda, ammo vaktsinalarning kattagina qismini boy davlatlar olgan, deb xabar qildi Bloomberg.
Agentlik maʼlumotiga koʻra, emlash ishlarining umumiy miqdoridan 40%i 27ta oʻziga toʻq davlatlarda amalga oshirilgan. Bu davlatlar umumiy aholisi dunyo ahlining 11 foizini tashkil etadi.
Shu bilan birga, qashshoq davlatlarda vaktsina olish koʻrsatkichi umumiy miqdordan 1,6%ni tashkil qiladi.
Shu tarzda, qashshoq mamlakatlar aholisi 25 marta sekinroq emlanmoqda.
Amerika Qoʻshma Shtatlarida emlash ishlari emlanish koʻrsatkichining 24 foizini tashkil qilgan, Shtatlarda Yer aholisining 4,3 foizi istiqomat qiladi.
Vaktsinatsiya ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda vaktsina olgan fuqarolar soni 100 mingdan oshdi
Masalan, Pokistonda oʻz navbatida insoniyatning 2,7% yashaydi. Ammo u yerda vaktsinalash ulushi jahondagi koʻrsatkich bilan solishtirganda atigi 0,1% ni tashkil etmoqda. Boy davlatlarda barcha fuqarolarni bir necha marta emlashga yetadigan miqdorda vaktsinalarni sotib olish tendentsiyasi saqlanib qolmoqda, deya aniqlik kiritadi agentlik.
Aktsiya protesta protiv kovidnыx ogranicheniy  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Kolumnistlar
Pandemiya Yevropa uchun ideal shtormga aylanmoqda
Afrika eng kambagʻal mintaqa boʻlgani holda, u yerda COVID-19ga qarshi emlanish koʻrsatkichi eng pastdir. 54ta davlatdan faqat uchtasida 1%dan koʻp aholi emlangan, 20ta davlatda esa koronavirusga qarshi vaktsinalash kampaniyalari hali boshlanmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala