Nega Rossiyaga aviachiptalarni topib bo‘lmayapti– Transport vazirligi izohi

© AFP 2023 / ARMANDO BABANIAeroport
Aeroport - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2021
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, transport vazirligi Rossining tegishli vazirlik va idoralari bilan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda muntazam aviareyslar sonini ko‘paytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Transport vazirligi matbuot-xizmati Toshkent – Moskva yo‘nalishidagi muntazam aviqatnovlar va chipta narxlari yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Rossiya Federatsiyasi hududiga koronavirus infeksiyasi kirishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Tezkor shtabining 25-mart kuni o‘tkazgan yig‘ilishda bir qator mamlkatlar bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklash yuzasidan qaror qabul qilingan edi.
Samolet aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2021
“Uzbekistan Airways” Moskvaga muntazam parvozlar tiklanganini e’lon qildi
Mazkur qarorga muvofiq joriy yilning 1-aprel sanasidan e’tiboran Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar haftasiga bir marotaba amalga oshirilishiga ruxsat etildi.
Ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi kelishuvga binoan Rossiyaning "Aeroflot" aviakompaniyasi 2021-yil 5-aprel sanasidan har yakshanba kunlari Moskva – Toshkent – Moskva yo‘nalishida, "Uzbekistan airways" avikompaniyasi esa 7-aprel sanasidan haftaning har shanba kunlari Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishga kirishdi.
Mazkur reysga O‘zbekistonning barcha fuqarolari va Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilmagan O‘zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari kiritilishi mumkin.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha uchish uchun Rossiyaga kelishdan avval 3 kalendar kunidan oshmagan holda PSR-test (rus yoki ingliz tilida) o‘tkazish talab qilinadi.
Sentr sodeystviya migrantam  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2021
Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy maqom joriy etiladi
Ayni damda aholi vakillaridan mazkur yo‘nalishdagi muntazam qatnovlarga chiptalarning sotuvda qolmaganligi bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Shuningdek, mazkur masala ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilinmoqda.
Ushbu vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Aynan Rossiyaga O‘zbekistondan boruvchi yo‘lovchilar oqimining haddan tashqari ko‘pligi, bugungi epidemiologik vaziyat tufayli transportning boshqa turlarida qatnovlarning amalga oshirilishiga ruxsat etilmaganligi, aviaqatnovlar sonining ham cheklanganligi talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikning keskin ortib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Pandemiyagacha bo‘lgan davrda O‘zbekictonning turli hududlaridan Rossiya Federatsiyasiga “Uzbekistan airways” avikompaniyasi haftasiga 87 ta reys bajargan bo‘lsa, Rossiya aviakompaniyalari esa O‘zbekistonning turli shaharlariga haftasiga 97 reys amalga oshirgan. Faqatgina aviaqatnovlar orqali haftasiga 40 000 dan ortiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilgan. Bundan tashqari Toshkent – Moskava, Andijon – Moskva, Toshkent – Qozon, Toshkent – Volgograd, Toshkent – Saratov, Toshkent – Novosibirsk, Toshkent – Ufa, Andijon – Ufa yo‘nalishlarida muntazam ravishda haftasiga 13 ta poyezd qatnovlari amalga oshirilgan. Shu bilan birga Toshkent – Moskva, Toshkent – Sankt-Peterburg, Toshkent – Qozon, Toshkent – Nijniy Novgorod, Toshkent – Omsk, Toshkent – Novosibirsk yo‘nalishlarida haftasiga 12 marotabadan avtobus qatnovlari amalga oshirib kelingan.
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2021
Moskvada migrantlar uchun patent elektron bo‘lishi mumkin
Aynan yuqorida keltirib o‘tilgan ko‘rsatkichlarning o‘zi haftasiga bor yo‘g‘i bir marotaba amalga oshirilayotgan muntazam aviqatnovlarga chiptalarning nima uchun ayni damda sotuvda qolmaganligiga izoh bo‘la olishi mumkin. Turli transport qatnovlaridan foydalangan yo‘lovchilarning barchasi hozirda o‘rnatilgan cheklov choralari sabab faqatgina aviqatnovlar orqaligina safarni amalga oshirishga majbur bo‘lmoqda.
Aviachipta narxlarini sun’iy ravishda oshirib sotish maqsadida, Uzbekistan airways kompaniyasi agentlari tomonidan chiptalarni oldindan sotib olinganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan da’volar esa mutlaqo asossiz, deb ta’kidlaydi Transport vazirligi axborot xizmati.
"Uzbekistan airways aviakompaniyasi rahbariyati eng quyi pog‘onadagi xodimlardan tortib, yuqori lavozimlardagi rahbarlarning ham aviachipta sotuvlari bilan bog‘liq turli-tuman ko‘rinishdagi noxolis hatti-harakatlarni sodir etishlariga nisbatan toqatsiz munosabatda ekanligini, chipta sotuvlari bilan bog‘liq barcha jarayonlar shaffof tarzda amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatilganligini ma’lum qiladi", - deyiladi Transport vazirligi izohida.
Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Moskva yo‘nalishida bajarilayotgan muntazam aviaqatovlar ekonom klass chipta narxi bir tomonga 4 200 000 so‘mgacha, biznes klass chipta narxlari esa 10 736 222 so‘mgacha sotilmoqda.
Shu o‘rinda yo‘lovchilardan tushunmovchiliklarning oldini olish uchun chiptalarni tezlashtirib xarid qilish xizmatlarini taklif qiluvchi shubhali shaxslarga murojaat etmasligini so‘ralgan. Chiptada ko‘rsatilgan va o‘zi to‘lagan narxni taqqoslash tavsiya etiladi.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Buxoroda 17 kishiga Moskvaga soxta aviachipta sotgan firibgarlar qo‘lga olindi
Bundan tashqari hozirda ijtimoiy tarmoqlarda Rossiga O‘zbekistonning turli hududlaridan charter qatnovlari amalga oshirilishi to‘g‘risidagi yolg‘on xabarlar tarqatilib, fuqarolarga aldov va tovlamachilik yo‘li bilan chiptalar sotuvini tashkil etayotgan guruhlarning faollashgani kuzatilmoqda.
O‘zbekiston Transport vazirligi fuqarolardan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonib, aldanib qolishlarining oldini olish maqsadida charter reyslarini amalga oshiruvchi avikompaniyalarning parvozni bajarishiga ruxsat etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Fuqaro aviatsiyasi agentligi rasmiy veb-saytidan aniqlashtirib olishlarini tavsiya etadi.
Ma’lum qilinishicha, Transport vazirligi Rossiyaning tegishli vazirlik va idoralari bilan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda muntazam aviareyslar sonini ko‘paytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Barqaror epidemiologik vaziyat saqlanib turgan taqdirda nafaqat aviaqatnovlarni balki temir yo‘l qatnovlarini qayta tiklash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0