Iqtisod

Oʻzbekistonda oʻsimlik yogʻi narxlarini barqarorlashtirish uchun zarur choralar koʻrilmoqda - MQKQ

© Xokimiyat g. TashkentaRastitelnoye maslo dlya nujdayuщixsya sloyev naseleniya v Uzbekistane
Rastitelnoye maslo dlya nujdayuщixsya sloyev naseleniya v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2021
TOSHKENT, 10 apr – Sputnik. Joriy yilning mart-aprel oylarida Oʻzbekistonda kungaboqar va paxta yogʻlari narxlari keskin oshdi. Holatdan kelib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ichki bozorda oʻsimlik yogʻi mahsulotlari narxlari oʻzgarishini tahlil qilib bormoqda.
Proizvodstvo rastitelnogo masla  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.01.2019
Iqtisod
Oʻzbekistonda yanada koʻproq oʻsimlik yogʻi ishlab chiqariladi
Xabarda keltirilishicha, respublika boʻyicha yiliga 300 ming tonnadan ortiq oʻsimlik yogʻi talab etiladi.
2020 yilda aholi isteʼmoli uchun 450 ming tonnadan ziyod oʻsimlik yogʻi muomalaga chiqarilgan boʻlib, shundan yarmidan ortiqrogʻi import qilingan.
Ichki bozorlarda narxlar keskin oʻsishiga birinchi navbatda tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va oʻtgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq boʻlishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan boʻlgan qoʻshni davlatlarda kungaboqar yogʻi va urugʻi eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham taʼsir etgan.
Proizvodstvo rastitelnogo masla  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2020
Dunyoda
Rossiyada kungaboqar yogʻining narxi keskin koʻtarildi
Oʻz navbatida, import asosida olib kelinadigan kungaboqar yogʻi va urugʻi narxlarining oshishi mahalliy paxta yogʻi narxlariga ham bevosita oʻz taʼsirini koʻrsatgan.
Shu bilan birga, mahsulotga boʻlgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif yetarli darajada ekanligi ham maʼlum boʻlgan.
Yuqoridagilarga asosan, ichki bozorda oʻsimlik yogʻi narxlarini barqarorlashtirish maqsadida barcha mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni koʻrayotgani maʼlum qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala