Jamiyat

Oʻzbekistonda vaktsina olgan fuqarolar soni 100 mingdan oshdi

© Sputnik / Gustavo Valyente / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya ot koronavirusa
Vaktsinatsiya ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2021
Kechaning oʻzida respublikada yana 200 nafarga yaqin fuqaroda koronavirus qayd etilgan va infektsiyaga chalinganlar soni 85 mingga yaqinlashgan.
TOSHKENT, 10 apr – Sputnik.Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi emlangan fuqarolar soni 108 283 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.
Shuningdek, kechaning oʻzida respublikada yana 200 nafarga yaqin fuqaroda koronavirus qayd etilib, infektsiyaga chalinganlar soni 84 724 nafarga yetgan.
Ayni vaqtda sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Stoletniy starik privilsya ot koronavirusa v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
Jamiyat
Samarqandda 100 yoshli otaxon koronavirusga qarshi emlandi
Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1504 nafar bemordan 229 nafari ogʻir, 104 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xabariga koʻra, butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 132,7 millionga yetgan, 2,8 million kishi infektsiya qurboniga aylangan.
Koronavirus kasalligi koʻrsatkichi eng koʻp qayd etilgan davlatlar: AQSH, Braziliya, Hindiston va Frantsiyadir. Rossiya bu roʻyxatda beshinchi oʻrinda kelmoqda. Undan keyingi oʻrinlarni Buyuk Britaniya, Italiya, Turkiya, Ispaniya va Germaniya egallagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala