Qashqadaryoda eshak qassoblari qo‘lga olindi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMaso
Maso - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2021
Obuna bo‘lish
Eshak so‘yilgan xonadondan 20 dona tirik eshaklar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Qashqadaryoda uyida eshak so‘yib sotayotgan shaxslar aniqlandi, deb xabar berdi viloyat IIB.
Xabarda aytilishicha, 5-aprel kuni viloyat IIB xodimlarining tezkor sa’y-harakatlari natijasida Qarshi shahridagi Arabxona mahallasida yashovchi fuqaro X.Sh.ning xonadonida fuqaro X.J. tomonidan eshak so‘yilayotgani aniqlangan.
Tekshiruv davomida xonadondan bo‘g‘izlangan eshaklar va uning ajratilgan terilari, xonalardan birida esa eshak go‘shti deb gumonlangan so‘yilgan lahm go‘sht mahsulotlari, 20 dona tirik eshaklar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2018
"Pulning hidi bo‘lmaydi"mi yoxud eshak go‘shti sotuvchilariga xat
Surishtiruv davomida fuqaro eshaklarni sotish uchun so‘yganini aytgan.
Qarshi shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida olib qo‘yilgan lahm go‘sht mahsulotlari yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlangan. Bo‘limning Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan berilgan ekspertiza xulosasida go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi aytilgan.
Natijada lahm go‘sht va terilar belgilangan tartibda yo‘q qilingan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0