Jamiyat

Toshkentda shar sotuvchi joy talashib, oʻz raqibini pichoqladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishUtrenniy tuman vo Vladivostoke
Utrenniy tuman vo Vladivostoke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2021
Jabrdiyda olgan jarohatlari tufayli koʻrsatilgan muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan
TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Toshkentda shar sotuvchilar oʻrtasida joy uchun yuz bergan janjal oqibati ayanchli yakun topdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati.
Hodisa 5 aprel kuni yarim tunga yaqin sodir boʻlgan.
Noj v ruke. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Hodisalar
Navoiyda aka-uka “oʻqrayib” qaragan haydovchini bir necha marta pichoqladi
Shayxontohur tumani Samarqand darvoza koʻchasida joylashgan avtomashinalar yuvish shahobchasi yonida 22 yoshli Doston Q. va Alisher A. Oʻrtasida oʻzaro janjal roʻy bergan.
Natijada Doston Alisherni yonidagi pichoq bilan jarohatlagan. Alisher olgan jarohatlari tufayli koʻrsatilgan muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Doston Q.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish natijasida jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda ushbu janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ular bilan tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala