Turizm va sport vazirligiga qator tayinlovlar amalga oshirildi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2021
Obuna bo‘lish
Jumladan, Aziz Abduxakimov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
TOShKENT, 10 apr - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli Farmoniga asosan Turizm va sport vazirligiga tayinlovlar amalga oshirildi.
Jumladan, Aziz Abduxakimov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Shuningdek, Ulug‘bek Azamov turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga; Abdulaziz Aqkulov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga; Avazjon Karimov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga; Zarif Kazakov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezidentning tegishli qarori asosida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov hamda jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari Nodir Murotov lavozimidan ozod etildi;
Prezidentning tegishli qarori asosida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Faxriddin Davrukov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Yangiliklar lentasi
0