Siyosat

Davlat bojxona qoʻmitasi raisiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2021
Davlat bojxona qoʻmitasida yangi tayinlov amalga oshirildi. Oʻtkir Qodirov qoʻmita raisi oʻrinbosari boʻldi.
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Oʻtkir Qodirov Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tegishli qaror prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.
Qodirov shu kunga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2021
Siyosat
Turizm va sport vazirligiga qator tayinlovlar amalga oshirildi
Shuningdek, u TIV, prezident administratsiyasi, prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Tashqi savdo vazirligida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Oʻtkir Qodirov 1984 yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tugallagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala