Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2021
Obuna bo‘lish
Davlat bojxona qo‘mitasida yangi tayinlov amalga oshirildi. O‘tkir Qodirov qo‘mita raisi o‘rinbosari bo‘ldi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘tkir Qodirov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tegishli qaror prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.
Qodirov shu kunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2021
Turizm va sport vazirligiga qator tayinlovlar amalga oshirildi
Shuningdek, u TIV, prezident administratsiyasi, prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Tashqi savdo vazirligida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
O‘tkir Qodirov 1984-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tugallagan.
Yangiliklar lentasi
0