Siyosat

Kamilov Dohada “Tolibon”* siyosiy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

© Press-slujba MID RUzAbdulaziz Kamilov vstretilsya s glavoy politicheskogo ofisa Dvijeniya "Taliban" v Katare mulloy Barodarom Axundom
Abdulaziz Kamilov vstretilsya s glavoy politicheskogo ofisa Dvijeniya Taliban v Katare mulloy Barodarom Axundom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2021
Dohaga amaliy tashrif bilan kelgan Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya “Tolibon”* siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund bilan uchrashdi.
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatardagi “Tolibon”* harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund bilan uchrashdi.
TIV matbuot xizmati xabariga koʻra, uchrashuv davomida Afgʻonistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik oʻrnatish maqsadida tinch siyosiy jarayonni ilgari surish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
Mulla Barodar Afgʻoniston muammolariga doimiy eʼtibor qaratayotgani uchun Oʻ prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi. Bundan tashqari, “Tolibon”* harakati rahbariyati vakili Oʻzbekistonning Afgʻonistonda transport va energetika sohalarida muhim iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tashabbuslarini mamnuniyat bilan qoʻllab-quvvatladi.
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.04.2021
Siyosat
Abdulaziz Kamilov Qatarga tashrif buyuradi
U, ayniqsa, Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari nafaqat Afgʻonistonning iqtisodiy rivojlanishiga, balki mamlakatda toʻlaqonli tinch siyosiy jarayonni boshlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishini taʼkidladi.
Shu oʻrinda Afgʻoniston kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasida “ishonch va hamkorlik koʻprigi”ga aylanishi mumkinligi bildirildi.
* - Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala