Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 mingga yaqinlashmoqda

© REUTERS / Denis BalibouseProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2021
Davolanayotgan 1528 nafar bemordan 229 nafari ogʻir, 104 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Kecha Oʻzbekistonda yana 198 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni 84 922 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Kecha eng koʻp Toshkent shahri (130), Toshkent viloyati (22) va Samarqanda viloyatida (20) qayd etilgan. Qolgan hududlarda 1 tadan 7 tagacha yangi kasallanish holatlari aniqlangan.
Mamlakatda jami 82 760 (+174) kishi sogʻaygan va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda. Pandemiya boshlangandan buyon 634 kishi koronavirus qurboniga aylangan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1528 nafar bemordan 229 nafari ogʻir, 104 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala