O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 mingga yaqinlashmoqda

© REUTERS / Denis BalibouseProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2021
Obuna bo‘lish
Davolanayotgan 1528 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Kecha O‘zbekistonda yana 198 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni 84 922 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Kecha eng ko‘p Toshkent shahri (130), Toshkent viloyati (22) va Samarqanda viloyatida (20) qayd etilgan. Qolgan hududlarda 1 tadan 7 tagacha yangi kasallanish holatlari aniqlangan.
Mamlakatda jami 82 760 (+174) kishi sog‘aygan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda. Pandemiya boshlangandan buyon 634 kishi koronavirus qurboniga aylangan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1528 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0