Sobiq MXX binosi sotuvga qo‘yildi

© Press-slujba Agentstva po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami UzbekistanaBivshee zdanie SGB Uzbekistana, vistavlennoe na prodaju
Bivshee zdanie SGB Uzbekistana, vistavlennoe na prodaju - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2021
Obuna bo‘lish
Bino Toshkent markazidagi Sayilgoh ko‘chasida joylashgan. Sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining (MXX) bosh qarorgohi ommaviy savdoga qo‘yildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Bino Toshkent markazidagi Sayilgoh ko‘chasida joylashgan.
Sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda talabgorlar oldindan saralanadi. Ikkinchi bosqichda talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.
Birinchi bosqichda ishtirok etish uchun da’vogarlar 2021-yil 20-maygacha Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ariza bilan murojaat qilishlari kerak.
Zona otdixa Chorvok Oromgoxi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
"Chorvoq Oromgohi" va "Beldirsoy" sotuvga qo‘yiladi 
Binoni xususiy biznesga sotish prezidentning davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonida ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0