Hodisalar

Surxondaryoda oʻquvchi qizning zoʻrlanishi: ish yuzasidan jinoiy ish ochildi

CC0 / pixabay / Marcello MigliosiDevushka sidit zakrыv litso. Illyustrativnoye foto
Devushka sidit zakrыv litso. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2021
Ish yuzasidan JKning nomusga tegish moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Surxondaryoda oʻquvchi qiz zoʻrlangani yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda oʻquvchi qiz zoʻrlangani va zoʻravonga nisbatan 14 oydan beri hech qanday chora koʻrilmayotganligi toʻgʻrisidagi xabarlar tarqalgan edi.
Rasmiylar holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini maʼlum qilgan edi.
Hozirda Termiz shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi JKning 118-moddasi 3-qismi “a” bandi (Nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan.
Avtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2021
Jamiyat
Senat termizlik zoʻrlangan oʻquvchi qiz ishini nazoratga oldi
Ish doirasida mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq bu ish Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan nazoratga olingani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala