Toshkent metrosida poyezd eshigi ochiq harakatlanishiga sabab bo‘lgan uch kishi ishdan olindi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishPassajir v meditsinskoy maske v vagone poyezda
Passajir v meditsinskoy maske v vagone poyezda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2021
Obuna bo‘lish
Metro poyezdi eshigi ochiq holda harakatlanishi ortidan harakat tarkibining mashinisti, elektr-chilangari va katta ustasi ishdan bo‘shatildi
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Toshkent metrosida poyezd ochiq eshik bilan harakatlangani ortidan uch xodim ishdan olindi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK tekshiruv yakunlariga ko‘ra ma’lum qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor yo‘nalishining “Pushkin” bekatidan “Buyuk ipak yo‘li” bekatiga yo‘lga chiqqan tarkib vagonlaridan bittasining eshigi ochiq holda harakatlanayotgani aks video tarqalgan edi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, xizmat majburiyatlarini munosib ravishda bajarmagani uchun harakat tarkibi mashinisti, elektr-chilangari va katta ustasi egallab turgan lavozimlaridan ozod qilingan.
Bundan tashqari, elektr bazasi boshlig‘ining elektr harakatlanuvchi tarkibini ta’mirlash bo‘yicha o‘rinbosari ish haqining 40 foizi miqdorida jarimaga tortilgan.
Yangiliklar lentasi
0