Bekobodda mansabdorlar “Yoshlar–kelajagimiz” dasturining 301 mln so‘mini talon-taroj qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Obuna bo‘lish
ATB “Agrobank” Bekobod filiali, “P.A.” va “U.X.” MChJ mansabdor shaxslari 301 mln so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Toshkent viloyati Bekobod tumanida 301 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan.
Aniqlanishicha, ATB “Agrobank” Bekobod filiali, “P.A.” va “U.X.” MChJ mansabdor shaxslari 301 mln so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan. Pullar “Yoshlar-kelajagimiz” dasturi doirasida ajratilgan bo‘lgan.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
Beruniyda mansabdorlar 872 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlarni talon-toroj qildi
Mazkur holat yuzasidan filial va jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0