Jamiyat

Gagarin Toshkentda: birinchi kosmonavtni podʼyezda uchratgan ayol hikoyasi

© Iz arxiva Georgiya Dimova Kosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente
Kosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Yuriy Gagarin - birinchi kosmonavt, Sovet ittifoqi Qahramoni Oʻzbekistonga, xususan, Toshkentga bir necha bor tashrif buyurgan.
Anna Jelexovskaya. Rasmiy ziyofat va uchrashuvlardan tashqari, doʻstlari oldiga mehmonga borgan. Masalan, bir kuni uchuvchi Oʻzbekiston poytaxtining markazidagi oddiy uyga keladi.
Kosmosga parvozdan keyin Yuriy Gagarinning hayoti tubdan oʻzgardi. Endi uning tigʻiz ish jadvali xorijga ham, sovet respublikalariga ham koʻplab sayohatlardan iborat edi. Bu xalqaro ikki yillik safar edi. Oʻzbekistonda Gagarinni, Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining birinchi kotibi Sharaf Rashidov kutib olgan.
"Yuriy Gagarin tez-tez Oʻzbekistonga kelardi. 1961 yildan 1968 yilgacha u olti marta Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Samimiy va xushchaqchaq Yuriy Gagarin bizning quyoshli zaminimizni va uning xalqini juda yaxshi koʻrardi. U tadbirlarda qatnashish, diqqatga sazovor joylarni koʻrish uchun kelgan. Uning doʻstlari orasida - mamlakatimiz koʻplari jamoat arboblari, madaniyat namoyandalari", - deyiladi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy bayonotida.
© Iz arxiva Georgiya DimovaKosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente
Kosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Kosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente
Mana shunday doʻstlardan biri oʻsha yillarda Toshkentda Jukovskiy koʻchasidagi 72-uyda (hozirgi Sodiq Azimov) yashagan general Yefim Pastushenko edi. Mashhur kosmonavt bir kuni uni koʻrish uchun keladi. Yuqori martabali harbiy va Gagarin Gurzuf shahrida (Qrim) tanishgan: 1962 va 1963 yillarda Yuriy Alekseyevich u yerda joylashgan harbiy sanatoriyda dam oldi.
"Men oʻshanda katta sinfda oʻqigandim. Aynan qaysi yil boʻlganini eslay olmayman, ammo taxminan 1962-1964 yillarda. Dugonam Olya Pastushenkoning otasi general boʻlgan. Ularning oilasi ikkinchi qavatda yashar edi. Har yozda ular Gurzufga borar edilar. u yerda harbiy sanatoriy joylashgan. Gagarin va uning oilasi u yerda dam olgan. Ular ushbu sanatoriyada tanishgan. Olya Yuriy Alekseyevichning qanchalik kamtarin va doʻstona boʻlganligi haqida qanday gapirganini esimda bor. Kuzda esa u Pastushenkolar uyiga kelgan. Uyimiz podʼyezdida (asosiy kirish joyida) konsyerjlar doim navbatchilik qilishgan. Qayerga ketayotganimni eslay olmayman, lekin podʼyezda Gagaringa duch keldim. Uni tanimaslik ilojisi yoʻq edi, chunki 1961 yilda parvozdan keyin u hamma joyda edi: barcha telekanal, gazeta va jurnallarda. Podʼyezda qoʻshlarning bollardan biri va navbatchi Natasha xola ham bor edi", - deb eslaydi Natalya Antonova, ayol hozir ham shu manzilda yashaydi.
Uning soʻzlariga koʻra, kosmonavt qoʻriqchilarsiz, yakka oʻzi kirib, shunday dedi: "Assalomu alaykum, men Pastushenkoning yoniga keldim. Ularning uyini ayta olasizmi?"
© SputnikYuriy Gagarin Tashkente
Yuriy Gagarin Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Yuriy Gagarin Tashkente
U yerda boʻlganlarning hammasi tom maʼnoda qotib qolishdi, chunki ularning oldida Gagarinning oʻzi edi. Navbatchi ayol oilaning ikkinchi qavatda yashashini aytadi. Albatta, hamma hovlida shivirlashib qolishdi, ammo Gagaringa yergashish juda noqulay edi.
"Agar oʻsha vaqtda fotoapparat yoki hozirgidek telefon boʻlganida, albatta, hammamiz suratga tushgan boʻlar edik. Keyin men dugonamdan hammasini soʻradim. U bunday uchrashuvga odatdagidek munosabatda boʻldi. Bu juda mehmondoʻst oila, ular doimo juda koʻp mehmonlar, menimcha, shuning uchun Olya bunga juda oddiy munosabatda boʻldi", - deb eslaydi Natalya Borisovna.
© SputnikDom v Tashkente, gde bыval v gostyax Yuriy Gagarin
Dom v Tashkente, gde bыval v gostyax Yuriy Gagarin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Dom v Tashkente, gde bыval v gostyax Yuriy Gagarin
Gagarinning Oʻzbekistonga qilgan sayohatlari haqida juda koʻp arxiv suratlar mavjud, ammo ularning barchasi asosan respublikaning birinchi rahbar ishtirokidagi suratlar. Biroq, Yuriy Gagarinning tanishlari yoki shunchaki u bilan suhbatlashish baxtiga muyassar boʻlganlar taʼkidlashicha, u nihoyatda kamtarin va doʻstona odam edi.
© Iz arxiva Georgiya Dimova Kosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente
Kosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Kosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente
Albatta, bugungi kunda bu uyda hech narsa kosmik orbitaga parvoz qilgan birinchi odam tashrifi eslatadigan, oʻsha davrga oid biron bir yodgorlik yoʻq. Bu uchrashuv faqat kosmonavtning kelishiga guvoht boʻlgan, ushbu uyda istiqomat qiluvchi kishilar xotirasida qoldi.
© SputnikPamyatnik Yuriyu Gagarinu v Tashkente
Pamyatnik Yuriyu Gagarinu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Pamyatnik Yuriyu Gagarinu v Tashkente
Biroq Toshkent Yerning birinchi kosmonavti haqida yodda saqlaydi. Poytaxtning Chilonzor tumanida Yuriy Gagarin haykali oʻrnatildi. Bugungi kunda yodgorlik oldidagi maydonda gullar va daraxtlar ekilgan. Gagarin parvozining 60 yilligi sharafiga bu yodgorlik yana diqqat markaziga aylanadi. Bir vaqtlar Yuriy Alekseyevichni koʻrgan yoki u bilan muloqot qilganlar, yulduzlarni koʻrgan odam qanday qilib, yulduz kasalligidan kuchliroq boʻlganligini hurmat bilan eslashadi.
© SputnikPamyatnik Yuriyu Gagarinu v Tashkente
Pamyatnik Yuriyu Gagarinu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Pamyatnik Yuriyu Gagarinu v Tashkente
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala