Gagarin Toshkentda: birinchi kosmonavtni podyezda uchratgan ayol hikoyasi

© Iz arxiva Georgiya Dimova Kosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente
Kosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Obuna bo‘lish
Yuriy Gagarin - birinchi kosmonavt, Sovet ittifoqi Qahramoni O‘zbekistonga, xususan, Toshkentga bir necha bor tashrif buyurgan.
Anna Jelexovskaya. Rasmiy ziyofat va uchrashuvlardan tashqari, do‘stlari oldiga mehmonga borgan. Masalan, bir kuni uchuvchi O‘zbekiston poytaxtining markazidagi oddiy uyga keladi.
Kosmosga parvozdan keyin Yuriy Gagarinning hayoti tubdan o‘zgardi. Endi uning tig‘iz ish jadvali xorijga ham, sovet respublikalariga ham ko‘plab sayohatlardan iborat edi. Bu xalqaro ikki yillik safar edi. O‘zbekistonda Gagarinni, O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Sharaf Rashidov kutib olgan.
"Yuriy Gagarin tez-tez O‘zbekistonga kelardi. 1961-yildan 1968-yilgacha u olti marta O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Samimiy va xushchaqchaq Yuriy Gagarin bizning quyoshli zaminimizni va uning xalqini juda yaxshi ko‘rardi. U tadbirlarda qatnashish, diqqatga sazovor joylarni ko‘rish uchun kelgan. Uning do‘stlari orasida - mamlakatimiz ko‘plari jamoat arboblari, madaniyat namoyandalari", - deyiladi O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy bayonotida.
© Iz arxiva Georgiya DimovaKosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente
Kosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Kosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente
Mana shunday do‘stlardan biri o‘sha yillarda Toshkentda Jukovskiy ko‘chasidagi 72-uyda (hozirgi Sodiq Azimov) yashagan general Yefim Pastushenko edi. Mashhur kosmonavt bir kuni uni ko‘rish uchun keladi. Yuqori martabali harbiy va Gagarin Gurzuf shahrida (Qrim) tanishgan: 1962 va 1963-yillarda Yuriy Alekseyevich u yerda joylashgan harbiy sanatoriyda dam oldi.
"Men o‘shanda katta sinfda o‘qigandim. Aynan qaysi yil bo‘lganini eslay olmayman, ammo taxminan 1962-1964 yillarda. Dugonam Olya Pastushenkoning otasi general bo‘lgan. Ularning oilasi ikkinchi qavatda yashar edi. Har yozda ular Gurzufga borar edilar. u yerda harbiy sanatoriy joylashgan. Gagarin va uning oilasi u yerda dam olgan. Ular ushbu sanatoriyada tanishgan. Olya Yuriy Alekseyevichning qanchalik kamtarin va do‘stona bo‘lganligi haqida qanday gapirganini esimda bor. Kuzda esa u Pastushenkolar uyiga kelgan. Uyimiz podyezdida (asosiy kirish joyida) konsyerjlar doim navbatchilik qilishgan. Qayerga ketayotganimni eslay olmayman, lekin podyezda Gagaringa duch keldim. Uni tanimaslik ilojisi yo‘q edi, chunki 1961-yilda parvozdan keyin u hamma joyda edi: barcha telekanal, gazeta va jurnallarda. Podyezda qo‘shlarning bollardan biri va navbatchi Natasha xola ham bor edi", - deb eslaydi Natalya Antonova, ayol hozir ham shu manzilda yashaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kosmonavt qo‘riqchilarsiz, yakka o‘zi kirib, shunday dedi: "Assalomu alaykum, men Pastushenkoning yoniga keldim. Ularning uyini ayta olasizmi?"
© SputnikYuriy Gagarin Tashkente
Yuriy Gagarin Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Yuriy Gagarin Tashkente
U yerda bo‘lganlarning hammasi tom ma’noda qotib qolishdi, chunki ularning oldida Gagarinning o‘zi edi. Navbatchi ayol oilaning ikkinchi qavatda yashashini aytadi. Albatta, hamma hovlida shivirlashib qolishdi, ammo Gagaringa yergashish juda noqulay edi.
"Agar o‘sha vaqtda fotoapparat yoki hozirgidek telefon bo‘lganida, albatta, hammamiz suratga tushgan bo‘lar edik. Keyin men dugonamdan hammasini so‘radim. U bunday uchrashuvga odatdagidek munosabatda bo‘ldi. Bu juda mehmondo‘st oila, ular doimo juda ko‘p mehmonlar, menimcha, shuning uchun Olya bunga juda oddiy munosabatda bo‘ldi", - deb eslaydi Natalya Borisovna.
© SputnikDom v Tashkente, gde bival v gostax Yuriy Gagarin
Dom v Tashkente, gde bival v gostax Yuriy Gagarin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Dom v Tashkente, gde bival v gostax Yuriy Gagarin
Gagarinning O‘zbekistonga qilgan sayohatlari haqida juda ko‘p arxiv suratlar mavjud, ammo ularning barchasi asosan respublikaning birinchi rahbar ishtirokidagi suratlar. Biroq, Yuriy Gagarinning tanishlari yoki shunchaki u bilan suhbatlashish baxtiga muyassar bo‘lganlar ta’kidlashicha, u nihoyatda kamtarin va do‘stona odam edi.
© Iz arxiva Georgiya Dimova Kosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente
Kosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Kosmonavt Yuriy Gagarin v Tashkente
Albatta, bugungi kunda bu uyda hech narsa kosmik orbitaga parvoz qilgan birinchi odam tashrifi eslatadigan, o‘sha davrga oid biron bir yodgorlik yo‘q. Bu uchrashuv faqat kosmonavtning kelishiga guvoht bo‘lgan, ushbu uyda istiqomat qiluvchi kishilar xotirasida qoldi.
© SputnikPamatnik Yuriyu Gagarinu v Tashkente
Pamatnik Yuriyu Gagarinu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Pamatnik Yuriyu Gagarinu v Tashkente
Biroq Toshkent Yerning birinchi kosmonavti haqida yodda saqlaydi. Poytaxtning Chilonzor tumanida Yuriy Gagarin haykali o‘rnatildi. Bugungi kunda yodgorlik oldidagi maydonda gullar va daraxtlar ekilgan. Gagarin parvozining 60-yilligi sharafiga bu yodgorlik yana diqqat markaziga aylanadi. Bir vaqtlar Yuriy Alekseyevichni ko‘rgan yoki u bilan muloqot qilganlar, yulduzlarni ko‘rgan odam qanday qilib, yulduz kasalligidan kuchliroq bo‘lganligini hurmat bilan eslashadi.
© SputnikPamatnik Yuriyu Gagarinu v Tashkente
Pamatnik Yuriyu Gagarinu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Pamatnik Yuriyu Gagarinu v Tashkente
Yangiliklar lentasi
0