Messi - ideal variant: hozirgi chempionlardan kim kosmonavt bo‘lishi mumkin?

© REUTERS / ALBERT GEALionel Messi
Lionel Messi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Obuna bo‘lish
Xo‘sh, bugungi chempion va sportchilardan qaysi biri birinchi fazogir roliga munosib qahramon bo‘lishi mumkin?
TOShKENT, 12 apr - Sputnik. Bugun Xalqaro Kosmonavtika kunida, Chempoinoat.com hozirgi sport chempionlaridan kim Yuriy Gagarin o‘rniga tanlovdan o‘tishi mumkin edi, - degan savolga javob qidirib ko‘rishdi.
Dastlab birinchi fazogirga qo‘yilgan talablar bilan tanishaylik. O‘sha vaqtlarda mavjud kosmik texnika imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, birinchi kosmonavtga jiddiy talablar qo‘yilgan:

a’lo darajadagi solg‘iq, yoshi 30 dan oshmasligi, bo‘yi 170smdan yuqori bo‘lmasligi va vazni 68-70 kg dan oshmasligi kerak bo‘lgan. Yuriy Gagarin ana shu talablarning barchasiga mos kelgan.

Xo‘sh, bugungi chempionlardan qaysi biri birinchi fazogir roliga munosib qahramon bo‘lishi mumkin?
Rossiyaning eng mashhur xokkeychisi, Aleksandr Ovechkin? – Yo‘q, chunki uning bo‘yi 188 sm, vazni 108 kg. U birinchi kosmik apparatga sig‘magan bo‘lardi.
Balkim futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu? – 185 sm va 85 kg, - afsuski u ham keraklik o‘lchamlardan biroz katta.
Lekin Barselona hujumchisi Lionel Messi – ideal variant bo‘lishi mumkin. Uning bo‘yi 170 sm, vazni 70 kg. Uni ertagayoq fazoga uchirsa bo‘ladi.
Yana kimlar fazogir bo‘lish uchun eng loyiq bo‘lishi mumkin?
Fazogirlarni tanlashda – birinchi navbatda uzoq vaqt davomida katta bosimga bardosh berib, o‘z xotirjamligini yo‘qotmaydigan kishilar tanlab olinadi. Maslan Yuriy Gagarinning yurak urishi start oldidan daqiqasiga - 64 marotaba, parvozning eng murakkab daqiqalarida – 138 marotaba bo‘lgan.
Sportchilar orasida bunday kishilar, odatda, marafonchilar orasida hamda triatlonchilar orasida uchraydi. Nega deganda ular 2-3 soat davomida katta jismoniy nagruzkaga dosh berishlari mumkin.
Fazogir bo‘lishga yana bir toifa, bu “Formula-1” hamda “Le-Man 24 soat” avtopoygasida ishtirok etuvchi avtomobil pilotlari bo‘lishi mumkin. Ular ham 6-7 soat davomida tinimsiz mashina boshqarishadi.
Yangiliklar lentasi
0