Muhsin Hisomiddinov kurash bo‘yicha xalqaro turnirning mutlaq vazn g‘olibi bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodniy turnir na kubok Prezidenta Respubliki Uzbekistan po kurashu v Termeze
Mejdunarodniy turnir na kubok Prezidenta Respubliki Uzbekistan po kurashu v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Obuna bo‘lish
Musobaqa erkak va ayollar oasida besh vazn toifasida bo‘lib o‘tdi. Prezident sovrin fondi - 100 ming AQSh dollarini tashkil qildi.
TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Termizda kurash bo‘yicha XV xalqaro turnirning mutlaq vazn toifasidagi g‘olibi aniqlandi. Muhsin Hisomiddinov ushbu Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan ushbu an’anaviy musoaqaning mutlaq vazn g‘olibi bo‘ldi.
Birinchi o‘rinni olgan polvon O‘zbekiston prezidenti sovrini - 10 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Ikkinchi o‘rinni egallagan Dadaxon Qurbonaliyevga (Tojikiston) - 5 ming dollar, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Yaxyo Imomov (O‘zb) va Nematullo Arslanqulov (Tjk) 3,5 mingdollardan sovrin berildi.
Termizshahridagi “Alpomosh” sport saroyida bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqada 26 davlatdan 50 dan ortiq polvonlar ishtirok etishgan. Turir erkaklar va ayollar orasida besh vazn toifasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqa sovrin fondi 100 ming AQSh dollarini tashkil qildi.
Yangiliklar lentasi
0