Hodisalar

Namanganda kanaldan maktab oʻquvchisining jasadi topildi: u qotillik qurboni boʻlishi mumkin

© Wikipedia / CC BY-SA 3.0Severnыy Tashkentskiy kanal
Severnыy Tashkentskiy kanal - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Namangan shahrida voyaga yetmagan qizning oʻlimida uning kelinoyisi gumon qilinmoqda.
TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Namangan viloyatida kanaldan bedarak yoʻqolgan voyaga yetmagan qizning jasadi topildi.
Namangan viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 5 aprel kuni fuqaro S.M. tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda Chortoq tumanida uning onasi qaramogʻida boʻlgan qizi M.A. maktabga ketib, bedarak yoʻqolganligini bildirgan.
Tuman prokuraturasi marhuma oʻquvchi qizning yashash xonadonini koʻzdan kechirgan va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan.
U qotillik qurboni boʻlgan boʻlishi mumkinligi taxmin qilinib, JKning 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Zima v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.02.2021
Hodisalar
Qashqadaryoda zovurdan bir fuqaroning jasadi topildi
Tezkor-qidiruv natijasida 6 aprel kuni voyaga yetmagan M.A.ning jasadi tashqi tan jarohatlarsiz Katta Namangan kanali ustidan oʻtgan koʻprik ostidan topilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, uni 5 aprel kuni soat 10:30 da yigirma ikki yoshli kelinoyisi F.Q. maktabdan olib chiqib ketgan. Keyin oʻsha kanalga olib borib, suvga itarib yuborgan.
F.Q. hozirda ushlangan va jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala