Hodisalar

Ozarbayjon fuqarosi Toshkentda halok boʻldi

© Press-slujba GUVD TashkentaAvtomobil Chevrolet Lacetti, za rulem kotorogo sidel pogibshiy grajdanin Azerbaydjana
Avtomobil Chevrolet Lacetti, za rulem kotorogo sidel pogibshiy grajdanin Azerbaydjana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
YTHga “Lacetti” haydovchisining belgilanmagan joydan burilib olmoqchi boʻlgani sabab boʻlgan.
TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Toshkentda Ozarbayjon fuqarosi yoʻl-transport hodisasi oqibatida halok boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 10 aprel kuni Mirobod tumani Mehrjon koʻchasida roʻy bergan. “Lacetti” va “Malibu” avtomobillari oʻzaro toʻqnashgan.
YTH oqibatida “Lacetti” yoʻlovchisi 63 yoshli Nuroniya V. va har ikkala avtomobil haydovchilari turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan.
Tibbiyot xodimlarining saʼy-harakatlariga qaramasdan “Lacetti” haydovchi 65 yoshli Ozarbayjon fuqarosi Xalik K. vafot etgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, toʻqnashuvga “Lacetti” haydovchisining belgilanmagan joydan burilib olmoqchi boʻlgani sabab boʻlgan.
Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala