Dunyoda

Oʻzbekiston media vakillari Turkiy Kengash davlatlari yigʻilishida ishtirok etdi

© AOKAV Baku v ramkax Tyurkskogo Soveta sostoyalos zasedaniye v sfere media
V Baku v ramkax Tyurkskogo Soveta sostoyalos zasedaniye v sfere media - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Turkiy Kengash davlatlari hamkorligi doirasida Oʻzbekiston delagatsiyasi media sohasiga bagʻishlangan yigʻilishda ishtirok etdi.
TOSHKENT, 12 apr – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi AOKA direktori Asadjon Xodjayev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida 9-11 aprel kunlari boʻlib oʻtgan Turkiy Kengash doirasidagi axborot va media sohasidagi yigʻilishda ishtirok etdi.
Yigʻilishda axborot va media sohasida xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish, oʻzaro tajriba almashish, xususan, Kengashga aʼzo mamlakatlar ommaviy axborot vositalari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha seminarlar, oʻquv-kurslari, press-turlar tashkil etish kabi masalalar muhokama etilmoqda, - deyilgan xabarda.
© AOKAV Baku v ramkax Tyurkskogo Soveta sostoyalos zasedaniye v sfere media
V Baku v ramkax Tyurkskogo Soveta sostoyalos zasedaniye v sfere media - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
V Baku v ramkax Tyurkskogo Soveta sostoyalos zasedaniye v sfere media
Shuningdek, tashrif doirasida, Asadjon Xodjayev Ozarbayjon Milliy kutubxonasi direktori Karim Tohirov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda axborot-kutubxonachilik sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishda jahon tajribasini joriy etish kabi muhim masalalarda fikr almashildi.
Undan tashqari, shu kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining yordamchisi – Prezident Administratsiyasi Tashqi siyosat boʻlimi mudiri Xikmat Gadjiyev bilan ham uchrashdi. Unda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida axborot va media sohasidagi hamkorlik muhim masalalardan biri ekani taʼkidlandi.
Nagornыy Karabax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Siyosat
Oʻzbekiston Togʻli Qorabogʻdagi koʻhna obidalarni tiklashda yordam berishga tayyorligini bildirdi
AOKA rahbari, shuningdek, Ozarbayjon televideniye va radioeshitirishlari” YOAJ raisi Rovshan Mamedov bilan ham uchrashdi. Muloqot davomida tele-radio sohasidagi zamonaviy, ilgʻor texnologiyalardan samarali foydalanish, ikki mamlakat jurnalistlarining oʻzaro tajriba almashishi boʻyicha takliflar bildirildi.
Tashrif doirasida Asadjon Xodjayev Turkiy Kengash Bosh kotibi Bagdad Amreyev bilan ham uchrashdi va Oʻzbekiston hamda Kengashga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi barcha sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Tashkil etilayotgan bu kabi yigʻilishlar axborot sohasida yangi muvoffqiyatlarga zamin boʻlishi taʼkidlandi.
Tashrifning uchinchi kunida Asadjon Xodjayev Togʻli Qorabogʻda boʻldi. AOKA rahbari Oʻzbekiston ushbu hududda roʻy bergan noxush hodisalar tufayli buzilgan koʻhna obidalar, madaniyat va maʼrifat maskanlarini tiklash ishlariga hissa qoʻshishga tayyor ekanini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala