O‘zbekiston media vakillari Turkiy Kengash davlatlari yig‘ilishida ishtirok etdi

© AOKAV Baku v ramkax Turkskogo Soveta sostoyalos zasedanie v sfere media
V Baku v ramkax Turkskogo Soveta sostoyalos zasedanie v sfere media - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Obuna bo‘lish
Turkiy Kengash davlatlari hamkorligi doirasida O‘zbekiston delagatsiyasi media sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etdi.
TOShKENT, 12 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi AOKA direktori Asadjon Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida 9-11 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Turkiy Kengash doirasidagi axborot va media sohasidagi yig‘ilishda ishtirok etdi.
Yig‘ilishda axborot va media sohasida xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish, o‘zaro tajriba almashish, xususan, Kengashga a’zo mamlakatlar ommaviy axborot vositalari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha seminarlar, o‘quv-kurslari, press-turlar tashkil etish kabi masalalar muhokama etilmoqda, - deyilgan xabarda.
© AOKAV Baku v ramkax Turkskogo Soveta sostoyalos zasedanie v sfere media
V Baku v ramkax Turkskogo Soveta sostoyalos zasedanie v sfere media - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
V Baku v ramkax Turkskogo Soveta sostoyalos zasedanie v sfere media
Shuningdek, tashrif doirasida, Asadjon Xodjayev Ozarbayjon Milliy kutubxonasi direktori Karim Tohirov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda axborot-kutubxonachilik sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishda jahon tajribasini joriy etish kabi muhim masalalarda fikr almashildi.
Undan tashqari, shu kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining yordamchisi – Prezident Administratsiyasi Tashqi siyosat bo‘limi mudiri Xikmat Gadjiyev bilan ham uchrashdi. Unda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida axborot va media sohasidagi hamkorlik muhim masalalardan biri ekani ta’kidlandi.
Nagorniy Karabax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2021
O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘dagi ko‘hna obidalarni tiklashda yordam berishga tayyorligini bildirdi
AOKA rahbari, shuningdek, Ozarbayjon televidenie va radioeshitirishlari” YoAJ raisi Rovshan Mamedov bilan ham uchrashdi. Muloqot davomida tele-radio sohasidagi zamonaviy, ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalanish, ikki mamlakat jurnalistlarining o‘zaro tajriba almashishi bo‘yicha takliflar bildirildi.
Tashrif doirasida Asadjon Xodjayev Turkiy Kengash Bosh kotibi Bagdad Amreyev bilan ham uchrashdi va O‘zbekiston hamda Kengashga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi barcha sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Tashkil etilayotgan bu kabi yig‘ilishlar axborot sohasida yangi muvoffqiyatlarga zamin bo‘lishi ta’kidlandi.
Tashrifning uchinchi kunida Asadjon Xodjayev Tog‘li Qorabog‘da bo‘ldi. AOKA rahbari O‘zbekiston ushbu hududda ro‘y bergan noxush hodisalar tufayli buzilgan ko‘hna obidalar, madaniyat va ma’rifat maskanlarini tiklash ishlariga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0