O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPloshad Drujbi narodov
Ploshad Drujbi narodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Obuna bo‘lish
Haftaning ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlarida kunduz kuni 22-27° iliq bo‘ladi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududidagi ob-havo sharoitini markazi Qozog‘istonning janubiy hududlari ustida joylashgan yuqori siklon belgilaydi, deb xabar qildi O‘zgidromet.
13 aprel kuni Surxondaryo viloyatida momaqaldiroq bilan biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 5-10° iliqni, kunduz kunlari 17-22° iliqni tashkil etadi.
14 aprel kuni respublikaning markaziy hududlarida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq atrofida bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlarida havo kechasi havo harorati 9-14° iliq, kunduz kuni 22-27° iliq bo‘ladi. Asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.
Yangiliklar lentasi
0