Analitika

Rossiya va AQSH Yevropa bozorini talashmoqda: gaz omborini kim toʻldiradi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishKompressornыe stantsii "Kazachya" i "Russkaya" v Krasnodarskom kraye
Kompressornыe stantsii Kazachya i Russkaya v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Irina Badmayeva. Sovuq va choʻzilgan qish Yevropa gaz omborlarini boʻshatdi. Zaxiralarning uchdan bir qismi qoldi, xolos. Amerikaliklar bundan foydalanishga qaror qilishdi va koʻp suyultirilgan gaz taklif qilishdi. Ammo koronainqiroz Yevropaga okean ortining qimmat energiyasina pul sarflashga imkon bermaydi. Rossiya xomashyosini xarid qilishga toʻgʻri keladi. “Gazprom” va davlat byudjeti uzoqdagi chet davlatlariga qilingan eksportdan qancha ishlab olishini RIA Novosti oʻrgandi.

Yevropa uchun anomal sovuq ob-havo

Kuz va qish faslida yevropaliklar 65 milliarddan ziyod kub metr gaz sarfladi – oʻn yillik maksimum. Bu haqda “Gazprom” “GasInfrastructureEurope”ga tayangan holda xabar qilmoqda. Avvalgi eng yuqori koʻrsatgich 2018 yilda kuzatilgandi, oʻshanda fevral-mart oyida Yevropaga sovuq ob-havo va qor boʻroni yopirilgandi.
Ob-havo joriy isitish mavzumida ham achchiq hazil qildi. Yanvar oyida “Gazprom”ning muzlagan Yevropaga yetkazish berish hajmini zudlik bilan koʻpaytirishiga toʻgʻri keldi. Germaniyaga odatdagiga qaraganda 32,4 foizga, Frantsiyaga 77,3, Niderlandiyaga 21,2, Italiyaga esa 100 foizga koʻproq joʻnatildi.
Bundan tashqari, u yerda ham sovuq eshik qoqqan Osiyoga eksport hajmi koʻpaytirildi. Natijada bozorda taqchillik yuzaga keldi va bu narxlarning oʻsishini keltirib chiqardi.
Rabota neftyanыx stankov - kachalok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Analitika
Qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarish: Nega Rossiyaga oʻta qimmat neft foydali emas
Masalan, Osiyoda shunday paytlar boʻldiki, kotirovkalar ming kub uchun ming dollardan oshdi. Ayrim bitimlar 1400 dan tuzildi. Yevropada narxlar 300 dollarlik dovondan oʻtdi.
Natijada uzoq chet el davlatlariga Rossiya eksporti 19,5 milliard kub metrgacha oʻsdi. Bu oʻtgan yilga qaraganda qariyb 46 foizga koʻproq.
Fevral ham ob-havoning injiqliklariga duch keldi. Bu oyda kuch kun ketma-ket Yevropa omborlari maksimumdan berishdi – sutkasiga bir milliard kub metrdan ziyod.
25 martga kelib, sovuq mavsum yakunlangan vaqtda Yevropaning “yer osti” oʻrtacha zaxirasi 29 foizgacha tushib ketdi. Xususan, Germaniya va Avstriyada 26, Niderlandiyada 23, Frantsiyada 17.
Kelasi qishda muzlamaslik uchun yevropaliklar oʻtgan yilga qaraganda 57,3 foiz koʻproq (qariyb 24 milliard kub metr) qazib olishlariga toʻgʻri keladi, bu “Gazprom” tomonidan hisoblab chiqildi.

Rossiya gazining muqobillari

Yevropa gaz bozorida Rossiya xomashyosi hissasi 2020 yilda 33 foizga yaqinni tashkil qildi, deb xabar qildi “Gazprom eksporta” bosh direktori Yelena Burmistrova. Uning soʻzlariga koʻra, “uchinchi chorakdanoq eksport hajmlarini inqirozga qadar koʻrsatgichga erishgan, ayrim holatlarda bu koʻrsatgichdan oshgan”. Importyorlar oldidagi barcha majburiyatlar bajarilgan. Yil oxiriga kelib esa shartnoma boʻyicha narxlar Yevropa xablaridagi spot narxlarga qaragandan pastroq boʻlgan. Bu yetkazib berishni qoʻshimcha ragʻbatlantirgan.
Rossiyadan tashqari, YEIga gaz Norvegiya, Qatar, Jazoir, AQSH va Nigeriyadan keladi. Asosiy isteʼmolchilar – Germaniya, Buyuk Britaniya va Italiya. Qolaversa, nemislar va britaniyaliklar Rossiyaga gazini “Shimoliy oqim” orqali olishadi. Boshqa variant yoʻq. Albatta, suyultirilgan tabiiy gaz (STG)ga oʻtishi mumkin, biroq u qimmatroq. Bundan tashqari, u uchun, masalan, Germaniya ega boʻlmagan maxsus terminallar zarur. STGni u yerga Belgiya va Niderlandiya orqali yetkazishadi.
Angela Merkel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.02.2021
Rossiya
Qimmatga tushdi: Yevropa Rossiya tufayli milliardlar yoʻqotdi
Italiya va Buyuk Britaniyada terminallar bor, lekin u yerda quvur gazidan voz kechishga shoshilishmayapti. Shu bois Rossiya energiyasning asosiy xaridorlari AQShning “Shimoliy oqim-3” qarshi kurashini qoʻllab-quvvatlashmaydi. Qolaversa, Germaniya amerikaliklarga ularning STGni qabul qilish uchun terminal qurilishini moliyalashtirishni taklif qildi, ular SHO-2 ni tinch qoʻyishsa bas. Oʻtgan yil yozida Berlin bunga bir milliard yevro sarmoya kiritishga tayyor edi. Biroq Vashington oʻzinikida turib oldi.
Shunga qaramasdan YEIda Rossiya loyihasining dushmanlari yetarlicha: Chexiya, Polsha, Vengriya, Slovakaiya, Ruminiya, Xorvatiya. Bu tranzister mamlakatlar, ular bundan yaxshigina pul ishlashadi.
Soʻz oʻrnida, Varshava 2022 yildan boshlab Rossiya gazisiz oʻz kunini koʻrmoqchi ekanini maʼlum qildi. Polyaklar norvej shelfi boʻylab Shimol dengizida qurilayotgan “Baltic Pipe” quvuriga umid qilishmoqda. Qolgani – okean ortidagi STG.
Amerikaliklar, albatta, Yevropa omborlarini toʻldirishdan xursand boʻlgan boʻlishardi – ayniqsa, hozir Osiyoda oʻta yuqori talab tushgan vaqtda. Mart oyida Yevropa ulardan 11 milliard kub metr sotib oldi – yanvar va fevralga qaraganda ikki baravarga koʻproq. AQSH Gʻarbiy Yevropaga yetkazib berishning 30 foizini taʼminladi. Qolaversa, ayni damda dengiz va okeanlarda Amerika STG yuklangan 70 ta tanker bor.

Yevropa omborlarini kim toʻldiradi

Boz ustiga, inqiroz ham tugamadi, STG esa avvalgiday quvurnikiga qaraganda qimmatroq. Bundan tashqari, “Gazprom”, raqobatchilardan farqli oʻlaroq, qazib olish va sutkalik yetkazib berishni zudlik bilan koʻpaytirishi mumkin. Kompaniyaning Yevropada oʻz “joylari” bor.
Gʻarbiy Yevropa yoʻnalishi esa – ustuvor vazifa, zero “Shimoliy oqimning” xarajatlarni qoplay olishi hozircha soʻroq ostida, deydi G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining dotsenti Aleksandr Timofeyev. “Sovuq va choʻzilgan qiz yaxshi talabni taʼminlab berdi. U omborlar toʻlishiga qaraganda tezroq oʻsishi mumkin, bu esa oʻz navbatida, kuzga kelib narx koʻtarilishiga olib keladi”, -deydi suhbatdosh.
“VYGONConsulting” Rossiyaning yoqilgʻi-energetika majmuasini rivojlantirish masalalari boʻyicha mustaqil maslahatchisining fikriga koʻra, bu yil “Gazprom” gaz eksportini uzoq chet el davlatlariga 210 milliard kub metrgacha koʻpaytirishi mumkin. bu 2020 yilga qaraganda 17 foizga, kovidga qadar 2019 yilga qaraganda deyarli 5,5 foizga koʻproq.
Sudno-truboukladchik Fortuna - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2021
Dunyoda
AQSH “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etdi
Xoʻsh, masalan, birinchi chorakda “Gazprom” eksporti 30,7 foizga oʻsdi. “Ilgari yetkazib beruvchi byudjetga bir ming kub metri uchun 170 dollar narxda qoʻyardi. Biroq keyin rejalarni qayta koʻrib chiqishdi. Endilikda oʻrtacha yillik 200 dollar nazarda tutilmoqda. Gap shundaki, uzoq muddatli shartnomalar koʻp jihatdan Yevropaning spot narxlariga bogʻliq. Bundan tashqari, neft kotirovkalari koʻtarildi, gazniki ham bunga bogʻliq. Shuning uchun “Gazprom”ning isteʼmolchilarni oʻz rejalari asosli ekaniniga ishontirishi butunlay real”, - deya fikr yuritadi Mark Goyxman, “TeleTrade” axborot tahliliy markazining bosh iqtisodchisi.
Soʻz oʻrnida, gaz isitish mavsumi yakunlangandan keyin ham qimmatlashishda davom etdi. Hozir TTF (Title Transfer Facility Natural Gas Price Index)” Niderlandiya xabidagi spotda bir ming kub metri uchun 252 dollar, bu 2018 yildan buyongi maksimum.
Natijada “Gazprom”ning uzoq chet el davlatlariga yetkazib berishidan foydasi 1,7 baravarga oshadi, 42 milliard dollargacha, deya qayd etadi “VYGON Consulting”. Bu esa davlat byudjeti uchun ayni muddao.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala