Siyosat

Tanzila Norboyevaning Rossiyaga tashrifi tafsilotlari ochiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Senati raisi boshchiligidagi delegatsiya 13-16 aprel kunlari Rossiyaga tashrif buyuradi.
TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaga tashrif buyuradi.
Senat matbuot xizmati xabariga koʻra, tashrif 13-16 aprel kunlari amalga oshiriladi.
Tashrif davomida Norboyeva Moskva shahrida Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko va Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin bilan uchrashadi.
15-16 aprel kunlari delegatsiya aʼzolari Sankt-Peterburg shahrida boʻladi. U yerda MDH Parlamentlararo assambleyasining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala