Tanzila Norboyevaning Rossiyaga tashrifi tafsilotlari ochiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Obuna bo‘lish
Senati raisi boshchiligidagi delegatsiya 13-16 aprel kunlari Rossiyaga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaga tashrif buyuradi.
Senat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif 13-16 aprel kunlari amalga oshiriladi.
Tashrif davomida Norboyeva Moskva shahrida Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko va Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodin bilan uchrashadi.
15-16 aprel kunlari delegatsiya a’zolari Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi. U yerda MDH Parlamentlararo assambleyasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0