Barcha terminallar “Humo” va “Uzcard” kartalarini qabul qiladi

© Xalq so‘ziUzcard
Uzcard - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2021
Obuna bo‘lish
Terminallar 2021-yil oxiriga qadar har ikki turdagi kartalarni qabul qilishni boshlashi kutilmoqda.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. “Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlari hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda Uzcard matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniyalar bir nechta qo‘shma loyihalarni ishga tushiradi. Infratuzilmalarning bosqichma-bosqich integratsiyasi ulardan birinchisi bo‘ladi. Terminallar 2021-yil oxiriga qadar har ikki turdagi kartalarni qabul qilishni boshlashi kutilmoqda.
“Infratuzilmalarning integratsiyasi karta egalari, banklar va biznes egalariga sezilarli foyda keltiradi. Xaridorlarning savdo nuqtalariga kelgach qaysi terminallardan foydalanish mumkinligi haqidagi o‘ylari yo‘qoladi, tadbirkorlar esa ikkala kartadan to‘lovlarni bitta terminal orqali qabul qilishlari mumkin bo‘ladi”, dedi Milliy banklararo protsessing markazi direktori Shuhratbek Qurbonov.
Terminal oplati bankovskimi kartami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2020
“Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlari integratsiyalashtiriladi
Shu bilan birga, Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, “Humo” va “Uzcard” O‘zbekistonning to‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratishda davom etadi.
Shuningdek, memorandum doirasida kompaniyalar karta egalari, banklar, to‘lov tashkilotlari va chakana savdo nuqtalarining manfaatlarini himoya qilishga, naqdsiz to‘lovlarni rag‘batlantirish uchun texnologiyalarni takomillashtirishga, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlari integratsiyalashtirilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0