Jamiyat

Buxorodagi koʻchalardan biriga Oʻktam Barnoyev nomi berildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUktam Barnoyev
Uktam Barnoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Buxoro shahridagi ikkita koʻchaga Oʻktam Barnoyev va Karim Kamolov nomi berildi.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Buxoro shahridagi Alpomish koʻchasi viloyatning sobiq hokimi Oʻktam Barnoyev nomi bilan qayta nomlandi. Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining oʻttiz sakkizinchi sessiyasida bu taklifni deputatlar bir ovozdan maʼqullagan.
“Xalq soʻzi” nashri xabariga koʻra, shaharning Gʻijduvon koʻchasini Karim Kamolov nomi bilan atash toʻgʻrisidagi taklif ham qoʻllab-quvvatlangan.
Oʻktam Barnoyev 2016 yil dekabridan 2020 yil 28 fevraligacha Buxoro viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritgan. 2020 yil fevral oyi oxirida bosh vazir oʻrinbosari etib tayinlangan edi. Shuningdek, u iyul oyida Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga rais etib saylangan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil dom pokoynogo Uktama Barnoyeva  i vыrazil soboleznovaniya yego materi, supruge i detyam - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2020
Siyosat
Prezident Oʻktam Barnoyev oilasiga hamdardlik bildirdi
Kamolov 2017 yildan 2020 yilning fevraliga qadar Buxoro shahri hokimi sifatida ishlagan, fevral oyidan esa Bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan Oʻktam Barnoyev oʻrniga Buxoro hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Viloyatning har ikki hokimi ham oʻtgan yili koronavirus qurboniga aylangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala