Iqtisod

Davlat ijarada yashovchi talabalarning 50 foiz ijara pulini toʻlab beradi

© Sputnik / Yegor Aleyev / Fotobankka oʻtishKomnata v studencheskom obщejitii
Komnata v studencheskom obщejitii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Shavkat Mirziyoyev ijarada yashayotgan talabalarga ijara toʻlovining yarmi davlat tomonidan qoplab berilishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda ijarada yashayotgan talabalarga 1 maydan boshlab ijara toʻlovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum boʻldi.
OʻzA xabariga koʻra, bugungi kunda 130 mingdan ziyod oliygoh talabalari ijarada yashaydi. Bu masalani hal qilish boʻyicha hukumat tomonidan alohida dastur tayyorlanmoqda.
Unga koʻra, bunday farzandlarimizga 1 maydan boshlab ijara toʻlovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi. Albatta, bu ham davlatning puli, lekin boshqa ilojimiz yoʻq.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti
Taʼkidlanishicha, dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming yosh qamrab olinadi. Shu bilan birga, ehtiyojmand talabalarga ushbu xarajatlar hokimliklar va oliygohlar mablagʻi hisobidan ham qoplab beriladi.
Ushbu maqsadlar uchun 100 milliard soʻm ajratiladi.
Obщejitiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Jamiyat
Maxsus ishchi guruh talabalar yashash sharoitini oʻrganish bilan shugʻullanadi
Prezident oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov, moliya vaziri Timur Ishmetov, rektor va viloyat moliya boshliqlariga ijarada turgan talabalar bilan uchrashib, 1 maydan toʻlovlarni boshlash boʻyicha topshiriq berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala