Dunyoda

Ginness kitobiga kiritilgan quyon oʻgʻrilab ketildi

Krolik Darius
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Buyuk Britaniyada dunyodagi eng katta quyon oʻgʻirlab ketildi.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Buyuk Britaniyada dunyodagi eng katta Darius laqabli quyon oʻgʻrilab ketildi. Uning egasi jonivorni qaytargan kishiga 1 ming funt (1,3 ming dollar) mukofot berishini eʼlon qildi. Sky News telekanali xabar qildi.
Darius laqabli quyon Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning tanasining uzunligi 129 santimetr.
Quyon uning egalari uyida (Angliya, Vustershir grafligida) yashagan. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, u yakshanba kuni kechqurun volyerdan oʻgʻirlab ketilgan. Quyonning egasi Annet Edvards jonivorni qaytarib berishni soʻrab, uning oʻrniga mukofot taklif qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala