Dunyoda

Hindiston “Sputnik V” vaktsinasidan foydalanishni maʼqulladi

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishVaktsina "Sputnik V"
Vaktsina Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Hindiston koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasini maʼqullagan 60-mamlakat boʻldi.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Hindiston mamlakat hududida koronavirusga qarshi “Sputnik V” Rossiya vaktsinasidan foydalanishni maʼqulladi. Bu haqda Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi xabar qildi.
Roʻyxatga olish vaktsinaning Rossiyadagi klinik tadqiqotlari hamda Hindistondagi uchinchi bosqich qoʻshimcha klinik tadqiqotlarining ijobiy maʼlumotlarini inobatga olgan holda tezlashtirilgan tartib doirasida (emergency use authorization, EUA) amalga oshirilgan.
Taʼkidlanishicha, “Sputnik V” Hindistonda qoʻllanish uchun ruxsat berilgan uchta vaktsinadan biridir.
Lyudi v meditsinskom uchrejdenii v Indii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Dunyoda
Hindistonda bir kunda rekord darajada COVID-19 aniqlandi
Shuningdek, Hindiston “Sputnik V”ni roʻyxatga olgan 60 ta mamlakat orasida eng koʻp aholiga ega davlat sanaladi. “Sputnik V”ni maʼqullagan mamlakatlar aholisi soni 3 milliard yoki sayyora aholisining 40 foizini tashkil etadi.
Fevral oyining boshida obroʻli tibbiyot jurnali “Lancet” ilmiy jurnali “Sputnik V” vaktsinasi klinik sinovlarining 3-bosqich natijalarini eʼlon qildi. Unda vaktsinaning 91,6% samaradorligi isbotlagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala