Dunyoda

Insoniyat bananlarsiz qolishi mumkin - Die Welt

Banan, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Yuqumli qoʻziqorin tufayli dunyoda bananlar yetishtirish toʻxtab qolishi mumkin.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Oʻta yuqumli tuproq qoʻziqorinlari tufayli insoniyat bananlarsiz qolishi mumkin, deb yozadi Die Welt.
Tropical Race 4 (TR4) deb nomlangan kasallik XX asrda Osiyo va Avstraliyada keng tarqalishni boshladi, ammo 2019 yilda u dunyodagi bananlarning asosiy yetkazib beruvchisi - Janubiy Amerikada ilk bor aniqlandi.
AMI marketing kompaniyasi mevalar boʻyicha mutaxassisi Ursula Shokemelening soʻzlariga koʻra, Kolumbiya va Gondurasda birinchi plantatsiyalar yopildi. Kimyoviy moddalar kasallikka taʼsir qilmayapti, ifloslangan tuproqlardan kamida 30-40 yil davomida foydalanilmaydi.
Chorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2020
Jamiyat
Parhezshunos olimlar bananni qishda yeyishni tavsiya qilishadi
Taʼkidlanishicha, TR4 asosan Cavendish naviga (uning eksporti jahon savdosining 95 foizini tashkil qiladi ) zarar yetkazadi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, dehqonning oyoq kiyimi tagidagi ifloslangan tuproqning kichik zarrachasi ham yuqumli kasallik tarqalishiga olib kelishi mumkin.
Olimlarning fikriga koʻra, tabiatda Cavendish kabi serhosil banan navi yoʻq. Bundan tashqari, Osiyo, Afrika va Amerikaning koʻplab davlatlarida bu meva kunlik ratsionda kartoshka va guruch kabi muhim ahamiyatga ega.
"Agar dunyo aholisi 7 milliarddan oshganligini hisobga olsak, banan yetishtirish hajmi oshishining asosiy sababi - rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga talab oʻsib bormoqda", - deyishdi BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala