Ispaniyada AstraZeneca bilan emlangan erkak vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishShpris na fone logotipa AstraZeneca
Shpris na fone logotipa AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2021
Obuna bo‘lish
Ispaniyada AstraZeneca bilan emlangan o‘ttiz yoshli erkak vafot etdi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Ispaniyaning Toledo shahrida (Kastiliya-La-Mancha) o‘ttiz yoshli erkak koronavirusga qarshi AstraZeneca preparati bilan emlanganidan so‘ng vafot etdi, deb xabar qildi Encastillalamancha mahalliy nashri.
Erkak mahalliy institutlardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Xabar qilinishicha, u 9-aprel kuni og‘ir tromboz bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shu kunning o‘zida tibbiyot muassasasi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ispaniyaning Dori vositalari va sog‘liqni saqlash mahsulotlari agentligini (AEMPS) bemorga bu preparat salbiy ta’sir ko‘rsatgani haqida xabar berdi. Erkak bir necha kun og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan va 12-aprelda vafot etdi.
Vaksina AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Britaniyada AstraZeneca bilan emlangach, yetti kishi tromb tufayli vafot etdi
Hukumat AstraZeneca vaksinasidan foydalanish natijasida nojo‘ya reaksiya yuzaga kelgan, deb taxmin qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Yevropa ittifoqi davlatlarida AstraZeneca bilan emlangan fuqarolarda salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.
Birinchi bo‘lib bu haqda Avstriya bong urdi. Bu davlatda emlash jarayonidan so‘ng bir kishida ko‘psonli tromboz yuzaga kelgan va u oradan 10 kun o‘tib vafot etgan, yana bir kishi esa emlashdan so‘ng o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgandi.
Yangiliklar lentasi
0