Madaniyat

"Madaniy shok": BP madaniyat vazirligi mansabdorlarini yirik talonchilikda gumonlanmoqda

© © Sputnik / Amir IsayevRemeslennaya yarmarka v Ismailitskom tsentre v Dushanbe
Remeslennaya yarmarka v Ismailitskom tsentre v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Madaniyat vazirligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" IK mansabdor shaxslari til biriktirib, qariyb 800 million soʻmni talon-taroj qilganlikda gumonlanmoqda
TOSHKENT, 13 apr – Sputnik. Madaniyat vazirligi mansabdorlari musiqa asboblarini haqiqiy bozor bahosidan qimmatga sotib olib, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish holatlari yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda maʼlum boʻldi.
Xabarda aytilishicha, Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari va boshqalar musiqa asboblarini sotib olish boʻyicha tender tanlov oʻtkazilgan.
Tenderda 3,3 mlrd soʻmga yetkazib berish taklifi mavjud boʻlsa-da, mansabdorlar til biriktirib, muqobil qimmatroq variantni koʻrsatgan tadbirkorlik subʼyektini tanlov gʻolibi sifatida koʻrsatib, natijada musiqiy asboblarni bozor bahosidan 792,2 mln soʻmga qimmat narxda sotib olib, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilishgan.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Hodisalar
Bekobodda mansabdorlar “Yoshlar–kelajagimiz” dasturining 301 mln soʻmini talon-taroj qildi
Mazkur holat yuzasidan kompaniya mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
"Daryo" nashri xabariga koʻra, Madaniyat vazirligi mansabdorlari talon-tarojga yoʻl qoʻygan birinchi holat emas. Xususan, 2020 yilning noyabr oyida Bosh prokuraturada tashkil etilgan korruptsiya masalalariga oid idoralararo yigʻilishda Madaniyat vazirligidagi jinoiy sxema fosh qilingan. Unda grim uchun ajratilgan mablagʻga "Oʻrikzor"dan arzon kosmetika sotib olinib, byudjetdan 2,3 milliard soʻm mablagʻ talon-toroj qilingan.
Shavkat Mirziyoyev 12 fevralya prinyal uchastiye v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Siyosat
Mirziyoyev: endi byudjet mablagʻi talon-toroj boʻlsa, prokurorlar ham javobgar boʻladi
Shuningdek, vazirlik ishlar boshqarmasi boshligʻi teatr va musiqiy maktablarga aslida yetkazib berilmagan mebel va musiqa anjomlari yetkazib berilgani haqida soxta hujjatlar tuzib, 1,7 milliard soʻmni oʻziga tanish firmalarga oʻtkazib, talon-toroj qilgan. Bundan tashqari, 13,5 milliard soʻmlik mebel va jihozlarni tanishlaridan 20,2 milliard soʻmga olish yoʻli bilan 6,7 milliard soʻm ham talon-toroj qilingan. Bu jinoiy sxema bilan 12 milliard soʻm byudjet mablagʻi oʻmarilgan.
Moliya vazirligi tomonidan tuzilgan Oʻzbekistonda 2020 yilda eng koʻp moliyaviy qonunbuzilish holatlari kuzatilgan vazirliklar roʻyxatida Madaniyat vazirligida 6,8 milliard soʻm moliyaviy qonunbuzilish holatlari bilan beshinchi oʻrinni egallagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala