BP marhum turkolog olim Kubatinga tergov vaqtida jismoniy tazyiq o‘tkazilganini rad etdi

© Facebook / Andrey KubatinUcheniy-vostokoved Andrey Kubatin
Ucheniy-vostokoved Andrey Kubatin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2021
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura bayonotida aytilishicha, "hibsxonaga joylashtirish va chiqib ketayotgan vaqtida Andrey Kubatinning badanida jismoniy jarohatlar kuzatilmagan, u sog‘lig‘i bo‘yicha shikoyat qilmagan va uning sog‘lig‘i, ruhiy holati mutaxassislar tomonidan ijobiy baholangan".
TOShKENT, 13 apr – Sputnik. Bosh prokuratura marhum turkolog olim Andrey Kubatinga nisbatan DXX xodimlari tomonidan jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazilmagan deb topdi.
Bu haqda Bosh prokuratura e’lon qilgan bayonotda ma’lum qilingan.
SIZO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2019
Davlatga xiyonatda ayblangan Kubatin oqlandi
Ilgariroq marhumning opasi Klara Saxarova O‘zbekiston prezidentiga shikoyat yo‘llab, unda 2017-yil 25-martida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ukasi Andrey Kubatinga nisbatan Jinoyat kodeksining 157-moddasi (davlatga xoinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov davomida Kubatinga DXX xodimlari tomonidan ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilishi natijasida u o‘zi sodir qilmagan jinoyatiga iqror bo‘lganini qayd etgan.
Kubatin 2017-yil 1-dekabrida Respublika Harbiy sudi hukmiga asosan JKning 157-moddasi 1 kismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 11-yil muddatga ozodlikdan maxrum qilingan.
Saxarova o‘z shikoyatida ukasi Andrey Kubatin 2019-yil 26-sentabrda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan oqlanib, ozodlikka chiqarilgani, 2020-yilda esa u koronavirusga chalinib 27-oktabr kuni vafot etganini aytib, ukasiga nisbatan tergov jarayonida ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazgan DXX xodimlari harakatlariga qonuniy baho berishni so‘ragan.
Bosh prokuraturaning aniqlashicha, mazkur murojaat yuzasidan 2021-yil 9-fevral kuni DXX tergov boshqarmasi tomonidan ushbu tergov harakatlarida qatnashgan DXX xodimlari harakatlari qonuniyligini har tomonlama o‘rganib chiqish maqsadida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2020
DXX O‘zbekiston bo‘ylab bir nechta amaldorlarni "halollik vaksinasi" bilan emladi
Ish materialaridan ma’lum bo‘lishicha, Andrey Kubatin 2017-yilning 10-aprelidan 2017-yil 14-sentabrga qadar tergov hibsxonasida saqlangan.
"Hibsxonaga joylashtirish va chiqib ketayotgan vaqtida uning badanida jismoniy jarohatlar kuzatilmagan, u sog‘lig‘i bo‘yicha hech qanday shikoyat bilan murojaat qilmagan va uning sog‘lig‘i, ruhiy holati mutaxassislar tomonidan ijobiy baholangan", — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda ushbu jinoyat ishi qonun doirasida o‘tkazilgani hamda fuqaroga huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hech qanday jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazilmagani aniqlanib, natijasiga ko‘ra jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Ta’kidlanishicha, marhum Andrey Kubatinga nisbatan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv materiallari O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qarorni bekor qilish uchun asoslar topilmagan.
Turkolog olim Andrey Kubatin 36 yoshida koronavirus kasalligidan olamdan o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0