Jamiyat

Namanganda maktabga hijobda qatnayotgan qizlar bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi

Pustoy klass - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Yangiqoʻrgʻon tumanidagi maktabda 10 nafar oʻquvchi ogohlantirishlarga qaramasdan hijobda darsga qatnagan.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Hijob oʻragan oʻquvchi qizlarning IIB xodimi qarshisida turgani aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi. Namangan viloyati IIB holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, 8 aprel kuni Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 10-sonli maktab maʼmuriyati tuman IIBga aloqa xatini yuborgan.
Unda maktabda avvaliga 5 nafar, oxirgi kunlarda esa 10 nafar qizlar belgilangan tartibdagi maktab formasini kiyib yurish qoidalariga rioya qilmayotgani bayon qilingan. Ularga bir necha marotaba maktab formasida, lozim boʻlsa, oddiy roʻmol oʻrab kelishlari toʻgʻrisida tushuntirilgan. Biroq ota-onalar ham, qizlar ham maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilmayapti.
V Namangane otkrыlas Prezidentskaya shkola - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2020
Jamiyat
Oʻzbekistondagi xususiy maktablarda tashqi qiyofaga yangi talablar joriy etiladi
Tuman IIB HPB XQMB katta inspektori 10 aprel kuni ushbu maktabda targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish maqsadida 9-10-11-sinflar oʻrtasida jinoyat sodir etilishining oldini olish yuzasidan muhokama yigʻilishini tashkillashtirgan.
Muhokama davomida aloqa xatida koʻrsatilgan qizlar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilgan va ularga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666-sonli qarori tushuntirilgan.
Unda oʻquvchilarning maktab formasiga turli din konfessiyalari hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qoʻshishiga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatilgan.
“Suhbat yakunida oʻquvchi qizlarga maktabga belgilangan tartibda kiyinib kelishlari, hijobda emas roʻmol oʻrashlari mumkinligi, bunga hech kim qarshilik koʻrsatmasligi tushuntirib oʻtilgan”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala