Dunyoda

Ozarbayjon xalqiga tuhfa: Oʻzbekiston Qorabogʻda maktab quradi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishNagornыy Karabax
Nagornыy Karabax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Qorabogʻda maktab qurish toʻgʻrisida kelishuv mavjud - Xodjayev.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Qorabogʻda maktab qurish toʻgʻrisida kelishuv mavjud boʻlib, u ozarbayjon xalqiga Oʻzbekistondan tuhfa sifatida topshiriladi. Bu haqda AOKA direktori Asadjon Xodjayev Turkiy kengash delegatsiyasi Ozarbayjonning Agdam shahriga tashrif chogʻida maʼlum qildi. Sputnik Ozarbayjon xabariga asosan.
Xodjayev Qorabogʻ mojarosi Ozarbayjon yerlariga katta baxtsizlik va vayronagarchiliklar keltirdi, hozir Ozarbayjon oʻz rivojlanishining yangi bosqichiga oʻtmoqda, ozod qilingan hududlarda infratuzilmani qurish va tiklash bilan bogʻliq koʻplab ishlar olib borilayotganini taʼkidladi.
"Bu yerda bitta masjiddan tashqari deyarli hamma narsa vayron qilindi va jahon hamjamiyati bunga eʼtibor qaratishi kerak", - dedi u.
Agentlik direktorining soʻzlariga koʻra, Turkiy kengash davlatlari ozod qilingan hududlarda tiklash va qurilish ishlarida faol ishtirok etishadi, Oʻzbekiston bu yerlarning infratuzilmasini rivojlantirishda oʻz yordamini taklif qildi.

Ayni paytda biz tiklash jarayonida ishtirok etadigan obʼyektlar roʻyxatini mutaxassislar belgilab olmoqdamiz, mening bilishimcha, bitta maktabni qurish toʻgʻrisida kelishuv mavjud boʻlib, u ozarbayjon xalqiga Oʻzbekistondan tuhfa sifatida taqdim etiladi. Bunday obʼyektlar roʻyxati aniqlanib, kelishib olinmoqda

Asadjon Xodjayev - Sputnik Oʻzbekiston
Asadjon Xodjayev
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori
Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi AOKA direktori Asadjon Xodjayev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida 9-11 aprel kunlari boʻlib oʻtgan Turkiy Kengash doirasidagi axborot va media sohasidagi yigʻilishda ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala