O‘zbekistonda emlanganlar soni 200 mingdan oshdi – qaysi hudud yetakchi

© SS0 / Unsplash / Ivan DiazShpris, illyustrativnoe foto
Shpris, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2021
Obuna bo‘lish
12 aprel kuni mamlakat hududlari bo‘ylab jami 67445 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlangan. Farg‘ona viloyatida yana rekord qayd etilgan.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 216 087 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Kecha, 12-aprel kuni mamlakat hududlari bo‘ylab jami 67 445 kishi COVID-19 ga qarshi emlangan.
Kecha emlash bo‘yicha Farg‘ona viloyatida yana rekord qayd etilib, bir kunning o‘zida 18 363 kishi emlangan.
Shuningdek, keyingi o‘rinni 11 667 nafar ko‘rsatkich bilan Andijon viloyati band qildi.
Uchinchi o‘rinni esa 8397 nafar emlangan aholi bilan Namangan viloyati egalladi.
Ta’kidlash joizki, ushbu viloyatlarda koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni ham boshqa hududlardan bir necha barobar ko‘p. Farg‘ona viloyatida - 36 ming, Namangan viloyatida - 27 ming, Andijon viloyatida - 25 ming nafardan oshiq.
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2021
O‘zbekistonda bir kunda rekord darajadagi kishi COVID-19 ga qarshi emlandi
Toshkent shahrida jami 14 675 kishi emlangan. Emlanganlarning umumiy soni bo‘yicha Navoiy viloyat so‘nggi o‘rinda – 6271.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-apreldan aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. O‘zbekistonliklar “AstraZeneca” va “ZF-UZ-VAC2001” vaksinalari bilan emlanmoqda. Shuningdek, “Sputnik V” vaksinasining 1 million dozasini xarid qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0