Sport

“Paxtakor” bilan oʻyindan soʻng muxlislari tartibsizlik uyushtirgan “Navbahor” FK jazolandi

© Press-slujba FK “Navbaxor”Igroki FK “Navbaxor”
Igroki FK “Navbaxor” - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
OʻFA Tartib-intizom qoʻmitasining qarori bilan “Navbahor” ikkita uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz oʻtkazadi.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyin sodir boʻlgan tartibsizliklar yuzasidan OʻFA Tartib-intizom qoʻmitasining qarori eʼlon qilindi.
Qoʻmitaga taqdim etilgan maʼlumotlar, dalillar hamda videoyozuvlar natijasida uchrashuv davomida har ikki jamoaning ayrim rasmiy shaxslari texnik zonani bir necha marotaba tark etib, bosh hakamga qoʻpol tarzda eʼtiroz bildirgani, uchrashuvning 90-daqiqasida bosh hakam VAR monitoridan foydalanishi vaqtida uning ish faoliyatiga xalal berilgani aniqlandi.
Qolaversa, uchrashuvning soʻngida “Navbahor” muxlislari uchrashuv rasmiy shaxslarini nomaʼqul soʻzlar bilan haqorat qilgani, shuningdek, ular tomonidan maydonga turli buyumlar uloqtirilgani, OʻzMTRKga tegishli koʻchma televizion stantsiyaga hujum qilingani va unga jiddiy zarar yetkazilgani maʼlum boʻlgan.
Qoʻmita OʻFA Intizom kodeksining 5.4., 5.9-bandlariga muvofiq “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan navbatdagi ikkita uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz oʻtkazish intizom chorasini qoʻlladi.
Bundan tashqari, “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan Intizom kodeksining 5.4-bandiga muvofiq jarima intizom chorasi qoʻllanilgan.
Match pyatogo tura Superligi Uzbekistana po futbolu mejdu namanganskim Navbaxorom i stolichnыm Paxtakorom zavershilsya besporyadkami. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Sport
“Navbahor” - “Paxtakor” oʻyinida hakamlar va mehmon jamoaga turli buyumlar uloqtirildi
Bunga klub rasmiylari stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab boʻlgan nojoʻya xatti-harakatlarni sodir etgani, jamoa rasmiylari va ayrim futbolchilari uchrashuv bosh hakamini bir necha marta nomaʼqul soʻzlar bilan haqorat qilgani sabab qilib koʻrsatilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston superligasining 5-turi doirasidagi “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvida tartibsizliklar yuzaga kelgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala