“Paxtakor” bilan o‘yindan so‘ng muxlislari tartibsizlik uyushtirgan “Navbahor” FK jazolandi

© Press-slujba FK “Navbaxor”Igroki FK “Navbaxor”
Igroki FK “Navbaxor” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining qarori bilan “Navbahor” ikkita uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz o‘tkazadi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyin sodir bo‘lgan tartibsizliklar yuzasidan O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining qarori e’lon qilindi.
Qo‘mitaga taqdim etilgan ma’lumotlar, dalillar hamda videoyozuvlar natijasida uchrashuv davomida har ikki jamoaning ayrim rasmiy shaxslari texnik zonani bir necha marotaba tark etib, bosh hakamga qo‘pol tarzda e’tiroz bildirgani, uchrashuvning 90-daqiqasida bosh hakam VAR monitoridan foydalanishi vaqtida uning ish faoliyatiga xalal berilgani aniqlandi.
Qolaversa, uchrashuvning so‘ngida “Navbahor” muxlislari uchrashuv rasmiy shaxslarini noma’qul so‘zlar bilan haqorat qilgani, shuningdek, ular tomonidan maydonga turli buyumlar uloqtirilgani, O‘zMTRKga tegishli ko‘chma televizion stansiyaga hujum qilingani va unga jiddiy zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Qo‘mita O‘FA Intizom kodeksining 5.4., 5.9-bandlariga muvofiq “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan navbatdagi ikkita uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz o‘tkazish intizom chorasini qo‘lladi.
Bundan tashqari, “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan Intizom kodeksining 5.4-bandiga muvofiq jarima intizom chorasi qo‘llanilgan.
Match patogo tura Superligi Uzbekistana po futbolu mejdu namanganskim Navbaxorom i stolichnim Paxtakorom zavershilsya besporadkami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
“Navbahor” - “Paxtakor” o‘yinida hakamlar va mehmon jamoaga turli buyumlar uloqtirildi
Bunga klub rasmiylari stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etgani, jamoa rasmiylari va ayrim futbolchilari uchrashuv bosh hakamini bir necha marta noma’qul so‘zlar bilan haqorat qilgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston superligasining 5-turi doirasidagi “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvida tartibsizliklar yuzaga kelgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0